2. Saylov komissiyalari. Vakillik organlariga saylov, Prezidentlikka saylov jarayonida saylov komissiyalari aloxida rol o‘ynaydi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Prezidentlikka saylovda Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuzilsa, xalq deputatlari Kengashlariga saylovda tegishli Kengashga (viloyatga, shaharga, tumanga) saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlaydigan Markaziy muassasa bo‘lib, Oliy Majlis tomonidan tuziladi. Raisi Prezident taqdimiga binoan a'zolari tomonidan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, okrug va uchastka saylov komissiyalarini faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalar faoliyati “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |