77
Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu
tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga ―baravarlashtiradi‖.
Raqobat
kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositadagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib, ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi .
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri –
demping – narxlarni
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining
tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bo‘lgan narxlarda sotadi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat
kurashning asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obru-e‗tibori hisoblanadi
.Narxsiz raqobat
usullari ichida
marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
u mahsulot ishlab
chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: