B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Import kilinadigan tovarning ichki baxosi = Jaxon bozoridagi baxosi
Download 1,99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
Import kilinadigan tovarning ichki baxosi = Jaxon bozoridagi baxosi
+(Jaxon bozoridagi baxosi x Tarif stavkasi). Pd Ichki narx (tarif bilan birga) Pw a b c d jaxon bozori narxi. Tariflar joriy kilingunga kadar bulgan import tovarlar okibatda ite`molchilar ma`lum bir yo`kotishlarga duch keladilar. Bu yo`kotishlar grafikda a,b,c,d soxalar bilan ko`rsatilgan. Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1 dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a soxaga teng yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab chikaruvchilarning o`sgan foydasiga aylanadi. Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli xajmini D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan ko`rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan koplanmaydi. S2- D2 oralik tarif joriy kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni iste`molchilar ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda s soxa bilan belgilangan bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. YA`ni, bu soxadagi iste`molchilarning yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi. Tarif kiritilishi okibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan kimmat ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chikarishni kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish v soxasi bilan belgilangan bo`lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va xech kimning foydasi bilan koplanmaydi. 169 Iste`molchilarning yo`kotishlari Ishlab chikaruvchilar foydasi Davlat daromadi Jamiyatning sof yo`kotishi a + b+ c + d -- a -- s = b + a Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo`lib, bu tadbir mamlakat iktisodiyoti xolati, xususiyati va ko`yilgan maksadlar bilan asoslanadi. Bojxona tariflarini kirtishni yoklovchi mutaxassislar fikriga ko`ra import tariflari: mamlakat mudofaa sanoatini ximoya kilish imkonini beradi; mamlakatda bandlilik darajasi o`sishini ta`minlaydi va yalpi talabni ragbatlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o`sadi va joriy operatsiyalar bo`yicha to`lov balansi xolati yaxshilanadi; milliy iktisodiyotdagi yangi tarmoklarni ximoya kilish uchun zarur; davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat kiladi; milliy ishlab chikaruvchilarni demping ko`rinishidagi chet el rakobatidan ximoya kiladi; iktisodiyot tuzilishini kayta kurishni boshkarish vositasi xisoblanadi va ular yordamida mamlakat iktisodiyotidagi ilgor siljishlar ragbatlantiriladi va x.k. Milliy iktisodiyotning tiklanishi sharoitida ko`pgina davlatlar o`z ishlab chikaruvchilarini chet el rakobatidan ximoya kilish maksadida protektsionizm siyosatini ko`llaydilar. Aks xolda, maxalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tugdiradi. Mamlakatlarda ta`rif mexanizmi orkali tashki savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoklari va yangi ishlab chikarish soxalarining ximoyalanganligiga ta`sir kiladi. O`zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istikbolli soxa (tarmok) xisoblanadi va tabiiyki, tarifli ximoyaga muxtoj. Tarmokni tarifli ximoyalanishining xakikiy darajasini kuyidagi misolda ko`rib chikamiz. Masalan, O`zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil kilsin. Ushbu mashinani ishlab chikarish uchun zarur bo`ladigan extiyot kismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz mikdorida o`rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSH dollariga teng bo`lsa, ya`ni bitta avtomobil‘ uchun zarur bo`lgan extiyot kismlarining narxi 7000 dollar, ko`shilgan kiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin. Avtomobil‘ importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun xar bir avtomobil‘ narxi 4000 dollarga o`sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. extiyot kismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga kilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Okibatda maxsulot birligiga extiyot 170 kismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Ko`shilgan kiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 k 2250) o`sdi. SHunday kilib, tarif kiritilgandan so`ng maxsulot birligiga to`gri keladigan ko`shilgan kiymat 5250 dollarni (3000 K 2250 k 5250) tashkil etdi. Endi esa soxa (tarmok)ning samarali ximoyasi formulasidan foydalanamiz. Download 1,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling