Er = (YA – VA) / YA.
Bu erda: Er - soxaning tarif bilan xakikiy ximoyalanganlik darajasi;
YA - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi ko`shilgan kiymat;
VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi ko`shilgan kiymat.
ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 =2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va extiyot kismlarga
25% tarifni joriy kilib, davlat milliy avtomobisozlikni xakikatda 75% tarifli
ximoyalanganligini ta`minlaydi. Protektsianizm siyosatining muxim tamoyili xam
shundaki, davlat tayyor maxsulotlarga bojni ko`tarish va yarim tayyor
maxsulotlarga esa uning mikdorini pasaytirish orkali tarmokning xakikiy
ximoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifokiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha
ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo`lib
koladi. Bojxona tariflari mikdori aloxida mamlakatlar iktisodiyotida va jaxon
xo`jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta`sirida yuzaga keladi.
Jaxonda importga bojxona bojlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmokda
va u ikki tomonlama xamda ko`p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar
tomonidan ragbatlantiriladi va nazorat kilinadi. Bojxona bojlarini joriy kilishni
ko`llovchi fikrlarga aksincha bo`lgan muloxazalar xam mavjud. CHunki sanab
o`tilgan natijalarga boshka usullar bilan kamrok yo`kotishlar xisobiga xam erishsa
bo`ladi degan fikrlar xam kaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste`molchilar turmush darajasining pasayishiga
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi okibatida ular vositasida ximoya
kilinayotgan tarmoklarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida
mamlakat imkoniyatlari xalkaro bitimlar bilan cheklangan.
Nazorat uchun savollar
1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati.
2. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatiuning tarkibiy qismlari.
3. Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |