B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2. Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo‟llari.
- Savdo siyosati
10
Davlatning bojxona Siyosati mamlakat ichki va tashqi siyosatininig tarkibiy qismi bo'iib. bojxona siyosatining asosiy maqsadlari qiyidagilar: -bojxona nazorati ostidan eng samarali foydalanishini va bojxona hududida tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta‘minlaydi; - mamlakat bozorini himoya qilish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni rag'batlantirisliga doir savdo va siyosiy vazifalami ro'yobga chiqarishda ishtirok etish; -bojxona siyosati bojxona ishining bir qismi bo'iib. unnig asoslari O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi bilan belg ilanadi. Davlatning yuqorida keltirilgan tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy shak llari mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarida qatnashuvchi tashqi iqtisodiy fa oliyat yurituvchilar xatti-harakatlarini muvoliqlashtirishga va tartibga solisliga qaratilgan. 166 13.2. Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo‟llari. Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali ichki bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir. Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora- tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iktisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi. Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi. Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi. Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish maksadida belgilanadi Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling