B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/110
Sana08.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1176902
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san‗at asarlari, ijro san‗ati 
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilari 
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish 
shakli. 
Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman yo‘qligi yoki shaxs (oila)ning 
minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo‘qligi. 
Mutlaq qashshoqlik ko‘proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida 
uchraydi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashning asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab 
chiqaruvchi firmaning obru-e‗tibori hisoblanadi.Narxsiz raqobat usullari ichida 
marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat . 
Nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo‘lgan daromad miqdori 
bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 
daromadning 40-60 foizidan kam bo‘lgan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Raqobat – bozor sub‗ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat 
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun 
kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali 
yanada kengroq namoyon bo‘ladi . 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati 
hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida ―O‘zbekiston havo 
yo‘llari‖ DAK, ―O‘zbekiston temir yo‘llari‖DAK, toshkent aviatsiya ishlab 
chiqarish birlashmasi shular jumlasidandir. 


175 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati 
hisoblanadi. Oligopolist–ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda tsement (asosan, 
Bekobod, Kuvasay, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren 
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargun) va Boysun (To‘la) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling