B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Legal (qonuniy) monopoliya
- Savdo siyosati
- Tovar belgilari
- Tashqi savdo
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi, tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlari kamayib boradi. Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopo- listik holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo‘yidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko‘p bo‘lsa, kapital shu tarmoqda ko‘chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu tarmoq mahsulotlariga talab ko‘payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda olishiga intilishini ta‗minlaydi. Tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari nomi va haqozo. Sun„iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarining shartli nomi. Sun‗iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi. Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‗ni maxsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.q. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarning o‘zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 176 mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.Trest – ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta‗minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishdagi birlashmasi. Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o‘z ichiga oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling