Reja: 10-mavzu: Monopoliyalar, ularning
Download 6.99 Kb.
|
10-mavzu Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komilov Fayzullo Marketing 1-79 guruh talabasi
10-mavzu: Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish Reja: 10-mavzu: Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish 1. Monopoliya nima? 2. Monopoliyaning turlari 3. Tartibga solish 1. Monopoliya nima? Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi. 2. Monopoliyaning turlari Sof monopoliya Oligopoliya Monopsoniya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish xajmini belgilashdagi va foyda olishdagi yakkahukmronlik xolati - Tarmoqdagi ko’plab yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish xajmini belgilashdagi hukmronlik xolati - Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchikar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbekiston havo yo’llari» DAK, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab shiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo’ladi Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg’un) va Boysun (To’da) tumanlarida joylashgan) ishlab shiqarishni misol keltirish mumkin. Monopsoniyaga «UzAutoMotors» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab shiqaruvshilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo’ladi. O’zbekistonda “Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun (1992-yil, avgust) Bozorda Bozorda Narxlarni Narxlarni Raqobatchilarni Raqobatchilarni Raqobatning g’irrom ussularini qo’llash O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA (1999-yil, 19-avgust) (ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOV) 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlarida tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek iste’molchilar, davlat va tabiiy monopoliya subyektlari manfaatlarining mutanosibligini ta’minlashdan iboratdir. 2-modda. Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas; tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs); iste’molchi — tabiiy monopoliya subyekti ishlab chiqarayotgan tovarni olayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs 4-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati quyidagi sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi: neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish; elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish; Oldingi tahrirga qarang. temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanish hisobga olingan holda temir yo‘llarda tashish; (4-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-266-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 470-modda) umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari; suv quvurlari va kanalizatsiya xizmati; aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari; Quyidagilar tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlardir: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi). Tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati vakolatli organ tomonidan belgilanadi. va boshqa 16 moddalar 3. Monopoliyani tartibga solish Monopol mavqeidagi korxonalar maxsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasni yoki rentabellik darajasini belgilab qo’yish O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish Komilov Fayzullo Marketing 1-79 guruh talabasi http://hozir.org Download 6.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling