Fakultet: “Bank ishi va auditi” Fanning nomi: “Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot” Bajardi: Latifov Ziyovuddin Zokir o’g’li


Download 0.69 Mb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1145909
  1   2   3   4
Bog'liq
MIKRO VA MAKRO

Fakultet: “Bank ishi va auditi” Fanning nomi: “Mikroiqtisodiyot.va Makroiqtisodiyot” Bajardi: Latifov Ziyovuddin Zokir o’g’li.

MAFZU:

Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati

REJA

  • Monopol bozor xususiyatlari va ko’rinishlari:
  • Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi:
  • Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri:
  • Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik:
  • Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi
  • Xulosa:

Monopol bozor xususiyatlari va ko’rinishlari:


Firma yagona mahsulot sotuvchisi bo’lsa, u monopol hisoblanadi va uning mahsulotini o’rnini bosuvchi boshqa firmalar bo’lmaydi. Monopol firmaga deyarli to’siqlar qo’yilmaydi. Sababi, boshqa firmalar bozorda monopol firma bilan raqobat qila olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o’zi qoladi1 . Buning o’z navbatida, uch asosiy manbalari bor.
Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko’p haridorlar qatnashgan bozor, yoki o’rnini bosadigan tovar bo’lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo’lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo’lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo’lgan bozor.
Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi. Monopsoniya - haridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor. Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist haridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo’ladi.
Tabiiy monopoliya - bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo’lgan talabni raqobatsiz sharoitlarini yaratish jarayonida texnologik xususiyatlarga ko’ra mumkin bo’lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lmaydigan holat. Iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini taqozo qilib, ular raqobatni qo’llash mumkin bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan sohalarni o’z ichiga oladi. Bularga yorqin misol qilib, suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari, temir yo’l transporti majmuasi korxonalarini keltirishimiz mumkin.Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi. Tabiiy monopoliya tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Keyingi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda tabiiy monopoliyalar doirasini kamayib borishi kuzatilmoqda. Monopol hokimiyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida, narx va ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi. Shuningdek, Monopol hokimiyat sohibi bo’lish uchun firmalar sof Monopolistlar bo’lishi shart emasligini ham ko’rib chiqdik. Ko’pchilik sanoat tarmoqlarida bir necha firmalar raqo batlashadilar, ulardan har biri hech bo’lmaganda bir oz Monopol hokimiyatga ega bo’ladi, ya’ni narx darajasini nazorat qiladi va chegarali harajatlardan yuqori bo’lgan narxni o’rnatadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling