B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Download 3.51 Mb.
|
ХОДЖАЕВ
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik jamoasi.
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi. O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar. Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi. Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruhlar – kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi. O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi. Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi. Download 3.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling