B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Download 3.51 Mb.
bet144/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Malaka tavsifnomasi – o’qituvchining nazariy va amaliy bilimlariga qo’yiladigan umumiy talablar.
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Metod – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika – biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo’llanadigan metodlar.
Metodologiya – 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror fanda, shu jumladan pedagogikada qo’llaniladigan metodlar.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni.
Motivatsiya – shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar to’plami bo’lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi, faoliyatning yo’nalishi, faolligi, uyg’unligi hamda turg’unligini belgilaydi.
Muammoli o’qitish - o’quv mashg’ulotini tashkil etish shakli bo’lib, unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat - o’quv vaziyati bo’lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Muloqotning yetakchi tipi – rivojlanishning ma’lum bir davrida atrofdagi kishilar bilan muomalada yetakchilik qiladigan muloqot tipi bo’lib, uning natijasida shaxsning asosiy sifatlari shakllanadi.
Nazariy bosqich – tadqiqot obyekti to’g’risidagi amaldagi va istiqboldagi tasavvurlar hamda ularga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyatni engish.
Nazariy tahlil – pedagogik hodisalarning alohida jihatlari, belgilari, xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil etish.
Obyekt – insonning, subyektning bilish predmeti va faoliyati.
Odat – kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan kelib chiqib amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogtarbiyachi, o’qituvchi, dars beruvchi.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling