Pedagogika – yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogikada antropologik yondashuv – odam to’g’risidagi barcha fanlar ma’lumotlaridan muntazam foydalanish va pedagogik jarayonni tashkil etish hamda amalga oshirishda ularni hisobga olish.
Pedagogikaning nazariy vazifasi – ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni o’rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi – diagnostik sath – pedagogik hodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi – pedagogik faoliyatni eksperimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy kontseptsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o’quv reja, dastur, darslik va o’quv qo’llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflektik tuzatma (korrektirovka) sathi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash.
Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o’zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari – pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik – ta’lim natijasi o’laroq bilim, malaka va ko’nikmalar majmuidan iborat bir kasbiy guruh doirasidagi faoliyat turi.
Pedagogik ixtisoslashish – pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir turi.
Pedagogik malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Do'stlaringiz bilan baham: |