B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Takt – misli ko’rilmagan tarzda o’zini tuta bilish. Ta’lim


Download 3.51 Mb.
bet148/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Takt – misli ko’rilmagan tarzda o’zini tuta bilish.
Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, sotsial etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo’naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g’oyaviy-axloqiy qadr, malaka, ko’nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.
Ta’limning madaniy insonparvarlik vazifasi – kishining hayot to’siqlarini engishga yordam beradigan ma’naviy kuchi, qobiliyati, malakalari, tabiat va ijtimoiy hayotga moslashish vaziyatidagi xarakteri, ma’naviy mas’uliyatining shakllanishi, shaxsiy, kasbiy takomili hamda shaxsning o’zi tomonidan amalga oshirilishini ta’minlovchi imkoniyatlari, shaxsning intellektual, axloqiy erkinlikka, shaxsiy muxtoriyati shuningdek, baxtiga erishish uchun zarur bo’lgan vositalar shaxsning individual ijodiy taraqqiy etishi va ma’naviy imkoniyatlarining ochilishi uchun sharoitlar yaratishi.
Ta’lim turlarisokratcha suhbat metodi, an’anaviy ta’lim, izohli-namunali (illyustrativ) ta’lim, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, ta’limni algoritmlash jarayoni, differentsiatsiyali, individual ta’lim va boshqalar.
Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati.
Taqlid qilishbiror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan o’zlashtirish.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o’rab olgan dunyodagi o’zaro bog’langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo’lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko’ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo’ladi.
Temperament – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini bildiradigan turg’un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi.
Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling