3-mavzu: Ta’lim jarayoni mohiyati, ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida Katta o’qituvchi: Islamova F.Sh Reja: - Ta’lim jarayonining mazmun – mohiyati
- Bolalar ta’limi va oʻqitish jarayonlari tasniflari va ularning ta’lim jarayonidagi oʻzaro aloqadorligi
- Oʻqitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining uygʻunligi
- Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari
MAQSAD !!! - Talim jarayonining mazmun – mohiyatini umumiy xarakteristikasini va uning yagona dinamik tizim ekanligini ilmiy – uslubiy jihatdan asoslash hamda ular asosidagi ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining mazmun – mohiyatini bayon qilish.
-
VAZIFALAR: - 1. Ta’lim jarayonining tashkiliy – tuzilmaviy ko‘rinishini va u asosidagi ta’lim jarayonini yagona dinamik tizim ekanligini asoslash.
- 2. Borliqni bilish va undagi o‘qitish jarayonlarining o‘rni va rolini bayon qilish.
- 3. Ta’lim sohasidagi tarixiy didaktik asoslar va ularning zamonaviy ta’limdagi ahamiyatini yoritish.
- 4. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar ruhiyati, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini e’tiborga olishning muhim jihatlarini asoslash.
- 5. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining o‘zaro vobastoligi hamda ta’lim jarayonida ularga amal qilish yo‘llari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: - Ta’lim jarayoni; mazmun – mohiyat; dinamik tizim; bosqichni bilish; o‘qitish algoritmi; intellektual asr; sezish va idrok qilish; tasavvur; tafakkur; bilim, ko‘nikma va malakalar; o‘qitish tushunchasi; o‘qitish jarayoni; pedagogik ta’lim; o‘quv maqsadi; o‘quv vazifalari; ta’lim maqsadi; ta’lim mazmuni; ta’limning o‘quv vositalari; ta’limning usullari; ta’limda baholash; tashkiliy – tuzilmaviy sxema; pedagogik jarayonlar samaradorligi; dars; mustaqil ta’lim; tarbiyaviy munosabatlar; tadbirlar; pedagogik amaliyot; pedagogik tajriba – sinov; Daos maktabi; ta’lim qonuniyatlari; ta’lim tamoyillari; ilmlilik; ko‘rgazmalilik tamoyili.
-
1. Ta’lim jarayonining mazmun – mohiyati Ta’lim berish g‘oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilishi o‘rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir. Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgiladani.
Bunda o‘qituvchi talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o‘zining ko‘rsatmalari, yo‘naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o‘quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi.
- Shunga ko‘ra ta’lim birinchidan, o‘qitish, ikkinchidan, o‘qitishni, ya’ni o‘qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. “Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentlari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o‘rtasidagi ichki bog‘lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o‘qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta’minlaydi” [1].
- Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti – harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Bolalar ta’limi va oʻqitish jarayonlari tasniflari va ularning ta’lim jarayonidagi oʻzaro aloqadorligi Топшириқ………..! - 1. INKLYUZIV TA’LIM NIMA ?
- 2. BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM QANDAY TASHKIL ETILADI?
- 3. ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH TARTIBI
- 4. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABLARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH
Do'stlaringiz bilan baham: |