Talabasi baratova nilufarning pedagogik amaliyot
Download 11.75 Kb.
|
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAXSIY REJASI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX, SAN’AT VA SPORT FAKULTETI TASVIRIYSAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI TA’LIM YO’NALISHI 1- KURS 101-GURUH TALABASI BARATOVA NILUFARNING PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDAGI SHAXSIY REJASIBIRINCHI HAFTA Pedagogik amaliyotda bag’ishlangan anjumanda ishtirok etish va amaliyot maqsad, vazifalari bilan tanishish. Amaliyot o’taydigan maktab ma’muriyati va ta’lim muassasi jamoasi bilan tanishish. Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilari bilan tanishish. Biriktirilgan sinf va sinf rahbari bilan tanishish. Tasviriy san’at chizmachilik fani o’quv xonasi bilan tanishish. Biriktirilgan sinf dars jadvali o’rganish va mutaxassislik fani darslarini belgilab olish. Sinf rahbarining yillik ish rejasi bilan tanishish. Zarur hujjatlarni tayyorlash uchun kerakli o’quv jihozlarni tayyorlash. Shaxsiy ish reja tuzish. Amaliyotchilar burchagini tashkil etish. Birinchi hafta bo’yicha hisobot tayyolash. IKKINCHI HAFTA Amaliyot rahbari ishtirokidagi yig’ilishlarda ishtirok etish va topshiriqlar olish. Biriktirilgan sinf dars jadvalini o’rganish. Tasviriy san’at va chizmachilik fanini o’qituvchilari ish faoliyatini kuzatish. Boshqa fan o’qituvchilari darslarini kuzatish. Maktabning ma’naviy-marifiy tadbirlarni kuzatish va qatnashish. Ikkinchi hafta uchun hisobot tayyorlash. UCHINCHI HAFTA Hafta boshidagi yig’ilishlarda ishtirok etish va topshiriqlar olish. Biriktirilgan sinfning ma’naviy-marifiy tadbirlarida ishtirok etish. Fan o’qituvchilarining darslarida qatnashish va darsini tahlil qilish. Pedagog, psixolog va metodistlardan topshiriqlar olish. Sinf rahbari faoliyatida faol ishtirok etish. Uchinchi hafta bo’yicha hisobot tayyorlash. TO’RTINCHI HAFTA Hafta boshidagi yig’ilishlarda ishtirok etish. Pedagog, psixolog va metodistlardan topshiriqlar olish. Sinov darslariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish. Sinf rahbarlik ish faoliyatini o’rganish. Dars ishlanmasini tasdiqlatish. Sinf bilan mustaqil ishlash va darslarinin tahlil qilish. To’rtinchi hafta bo’yicha hisobot tayyorlash. BESHINCHI HAFTA Hafta boshida yig’ilishlarda ishtirik etish va topshiriqlar olish. Darslarni kuzatish va tahlil qilish. Sinf rahbar sifatida tadbirlar tashkil etish va taqdimot o’tkazish. Sinf bilan mustaqil ishlarni tashkil qilish. Amaliyot hujjatlarni taxt qilish. Haftalar bo’yicha hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash. OLTINCHI HAFTA Hafta boshida yig’ilishlarda ishtirik etish va topshiriqlar olish. Pedagogik, psixolog va metodistlardan topshiriqlar olish. Sinov darslariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish. Sinf o’quvchilari jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma 11-sonli ummumuy o’rta ta’lim maktabining 5-‘’A’’ sinf o’quvchilariga 2021-2022-o’quv yili uchun tuzilgan. 5-’’A’’-sinfda jami 27 nafar o’quvchi bor shundan 18 nafari o’g’il bola 9 nafari qiz bola. O’quvchilar tarbiyasi va intizomliligi saviyasi va davomat ko’rsatgichi bilan boshqa sinflardan ajralib turadi. O’quvchilardan 10 nafari a’lo bahoga 12 nafari yaxshi bahoga 5 nafari o’rta bahoga o’qiydilar. Sinf faollari sinf boshi: Toyirov Muhammadyusuf, yordamchisi Xo’jamurodova Mushtariy, tozalik nazoratchisi Xo’jamurodova Mushtariy, kitob nazoratchisi Jo’raholova Lola. Ushbu o’quvchilar o’z vazifalarini sitqidildan bajaradilar, jamoat ishlarida faol qatnshadilar. Barchasi o’quvchilar qoidasiga amal qiladilar, ular kelajakda o’z oldilariga qo’ygan maqasadlariga erishish yo’lida astoydil harakat qilmoqdalar. O’quvchilardan 5 nafari Ona tili va Adabiyot, 3 nafari Matematika, 6 nafari Ingliz tili, 2 nafari Biologiya, 4 nafari Tasviriy san’at, 7 nafari Jismoniy tarbiya to’garaklariga qatnashadilar. Har oyda ota-onalar yig’ilishlari tashkil etiladi va a’lochi o’quvchilar ota-onalariga tashakkurnomalar beriladi. Men 5-’’A’’-sinf o’quvchilarini kelajakda yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shadigan yetuk kadrlar bo’lib yetishishiga ishonaman. O’quvchi shaxsiga tuzilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 5’’A’’ sinf o’quvchisi Rajabov SHohjaxon 2021 - 2022- o’quv yili uchun tuzilganTAVSIFNOMA Rajabov Shohjaxon 2010-yil 1-sentabrda Termiz tumani ‘’ Do’stlik ‘’ mahallasida tug’ilgan. Hozirda u 12 yoshda. Sog’lom ‘’Kamalak’’ boshlang’ich tashkiloti a’zosi.Otasi quruvchi, Onasi uy bekasi. Oilasida muhit juda yaxshi, o’g’liga yaratilgan sharoitlari to’la – to’kis. Sinfda o’z o’rniga ega mehnat ishlariga va fanlardan a’lo baholarga o’qiydi. Darslarni sababsiz qoldirmaydi . Barcha sinfdoshlariga munosabati yaxshi, hamisha haqiqatgo’y. Yolg’on gaplarga toqat qilolmaydi. Ko’proq mehnat, tasviriy san’at fanlariga qiziqadi. Orzusi shifokor bo’lish. Yon atrofdagilar haqidagi fikrlarni ustozlariga ochiq oydin aytadi. Aytgan ishlarni sinfdoshlari bajarmasa hafa bo’lish jihatlari ham uchrab turadi. Download 11.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling