B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari


Download 3.51 Mb.
bet91/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar estetik ehtiyoj deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o’zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati estetik mulohaza deb ataladi.
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi orqali shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa estetik did deb ataladi.
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi.
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari teхnikalashib borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi va teхnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs o’z mehnatidan ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, mehnat estetik tarbiya omili bo’la oladi.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivoj-lanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko’p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p ahamiyat kasb etishiga bog’liq.
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga mo’ljallanganligi bilan, dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirishi bilan izohlanadi.



  1. Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.

  2. Mehnat faoliyatining asosiy turlariga nimalar kiradi?

  3. Mehnat faoliyatini tashkil etish shakllarini izohlang.

  4. Jismoniy tarbiya deganda nima tushuniladi?

  5. “Jismoniy kamolat” tushunchasi o’zida nimani ifoda etadi?

  6. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntiring.

  7. Jismoniy tarbiyaning estetik va axloqiy vazifalariga nimalar kiradi?

  8. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang.

  9. Estetik madaniyatni shakllantirishning tarkibiy qismlariga tavsif bering.

  10. Estetik madaniyatni shakllantirish vositalarini bayon eting.



Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling