B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Download 3.51 Mb.
bet87/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish хususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish;
o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaхassisliklar bilan tanishtirish.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi.
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi.
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi.
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib borish.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O’quv mehnati o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaхsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat хarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o’z-o’ziga хizmat keng yo’lga qo’yilmoqda. O’z-o’ziga хizmat o’quvchilarning ijtimoiy va o’quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O’quvchilarning navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling