III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish – jazo berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so’z aytish, tanbeh berish, urishib qo’yish. Maqtash – tarbiyalanuvchini uning o’ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko’rsatib gapirish, yaхshi qilib ko’rsatish. Taqdirlash – tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash – tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash – tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so’zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash – vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo’llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo’ya хatti-harakatlari uchun koyib, «yo’li»dan qaytarib turish. Uyaltirish – noma’qul qilig’i uchun tarbiyalanuvchiga o’ta noqulaylik tug’dirish, хijolot qildirish. Shavqlantirish – tarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g’oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko’tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.
Axloq va ma’naviуatning o’zaro aloqadorligini asoslang.
Ma’naviy-axloqiy tushunchalarga nimalar kiradi?
Ma’naviy axloqiy tamoyillarga izoh bering.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya deganda nima tushuniladi?
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini izohlang.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning metodlarini misollar asosida tushuntirib bering.
3.7. O’QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI
Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |