Oxirgi tugun ko‘pincha marshrutlash jadvalisiz ishlaydi, u sukut bo‘yicha marshrutizator adresi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi. Lokal tarmoqda bitta marshrutizatorning lokal tarmoq-hamma oxirgi tugunlar uchun yagona imkonli variant. Lekin, lokal tarmoqlarda bir nechta marshrutizatorlar bo‘lganda ham, oxirgi tugunlar oldida ularni tanlash muammosi turadi. Sukut bo‘yicha yo‘nalish
topshiriq kompyuterlarda, ularning marshrutlash jadvalining hajmini qisqartirish uchun tez-tez ishlatiladi.
Tarkibiy tarmoqning oxirgi A tugunning marshrutlash jadvali berilgan (2.3- jadval)
jadval
A oxirgi tugunning marshrutlash jadvali
Tayinlangan tarmoq nomeri
|
Keyingi
marshrutizatorning tarmoq adresi
|
Chiquvchi
portning tarmoq adresi
|
Tayinlangan
tarmoqqacha bo‘lgan masofa
|
S12
|
-
|
MA
|
0
|
Default
|
M17(1)
|
MA
|
-
|
Marshrutlash jadvalining ihcham ko‘rinishi, shuni bildiradiki, “A” tugunidan yuborilgan hamma paketlar S12 tarmoq chegarasidan chiqmaydi, yoki 17 marshrutizatorning 1-portidan albatta o‘tadi, bu marshrutlash jadvalida sukut bo‘yicha marshrutizator sifatida belgilangan.
Marshrut tanlashda marshrutizator va oxirgi tugun ishining farqi bo‘lib xisoblanadi. Agar marshrutizatorlar odatda, xizmat axborotlari bilan almashib avtomatik marshrutlash jadvalini tuzish, unda oxirgi tugunlar uchun adminstrator tomonidan ko‘pincha qo‘lda tuziladi va diskda doimiy fayl ko‘rinishida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |