Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


Download 1.33 Mb.
bet21/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

Yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish. Kompyuterlarda yo‘nalish jadvallari odatda statik xisoblanadi, chunki tarmoq adminstratori tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa dinamik xisoblanadi, chunki yo‘nalish axborotlari bilan almashish protokollari yordamida avtomatik tarzda shakillanadi. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan, tarmoq topologiyasi o‘zgarganda kompyuterlarning yo‘nalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu

jadvallar odatda kam axborotga ega, masalan, faqat bir nechta marshrutizatorlarning adresi.


Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator “yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish” (Redirect) deb nomlanuvchi ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumkin.
Ushbu xabar, marshrutizator kompyuterning tayinlangan tarmoqqa paketni noto‘g‘ri yuborilayotganini ko‘rib qolgan xoldagina yuboriladi, belgilangan tarmoqqa eng qisqa yo‘nalish boshlanadigan lokal tarmoq marshrutizatoriga ega emas.
ICMP protokolini boshqa tomonga yo‘naltirish mexanizmi, kompyuterlarga uning lokal marshrutizatorlarining faqat IP-adreslarini konfiguratsiya fayllarida asrashga imkon beradi. Boshqa tomonga yo‘naltirish xabarlari yordamida marshrutizatorlar kompyuterga, qaysi marshrutizatorga u yoki bu tayinlangan tarmoq uchun paketlarni jo‘natish zarurligi to‘g‘risida unga kerakli axborotni xabar qilib turadi, ya’ni marshrutizatorlar kompyuterga, yo‘nalish jadvallarining ularga kerakli qismini uzatishadi.
Marshrutizator “yo‘nalishni boshqa tomonga yo‘naltirish” xabariga keyinchalik foydalaniladigan IP adres va o‘z ma’lumotlar maydonining birinchi 64 bitli dastlabki paket sarlavxasi joylashtiriladi.
Paket sarlavxasidan tugun qaysi tarmoq uchun ko‘rsatilgan marshrutizatordan foydalanish kerakligini bilib oladi.


IP tarmoqlarida yo‘nalish axborotlari bilan almashishi protokollari


TCP/IP stekining yo‘nalish axborotlari bilan almashishning xamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o‘z navbatida ikki guruxga bo‘lingan, ularning xar biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog‘langan:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling