Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich
Zamonaviy aloqa tarmoqlarigan bо‘lgan talablar
Download 1.33 Mb.
|
Tarmoq texnologiyalari
Zamonaviy aloqa tarmoqlarigan bо‘lgan talablarKelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: multiservislik deganda, transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi tushuniladi; -keng polosalilik deganda, odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos holda va dinamik о‘zgarishi imkoni tushuniladi; multimedialik deganda, tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz, mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati tushuniladi; intellektuallik deganda, foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni tushuniladi; invariantlik ulanish deganda, qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni tushuniladi; kо‘poperatorlik deganda, xizmatlarni taqdim etishda va ularning mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi tushuniladi. Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim. Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi: “multioperatorlik”muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish; birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni birgalikda ishlashini ta’minlash; qurilmalarning dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni. Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib о‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bularning barchasi, keyingi avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling