Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich
Download 1.33 Mb.
|
Tarmoq texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq tizimlarni о‘zaro bog‘lanish etalon modeli
Multimedia sinflariMultimediani uzatish nuqtai nazaridan, real vaqtda uzatiladigan (Real-Time – RT) yoki real vaqtda uzatilmaydigan (Non Real-Time – NRT) sinflarga bо‘linishi mumkin. Birinchi turdagi multimedia (RT), paketlarni kechikishiga chegarani talab etadi, xuddi shu vaqtda multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday chegaralanishni talab etmaydi lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo bо‘lmasligi uchun qattiq chegaralanishga ega. Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish uchun ikkita asosiy yondashuv mavjud. Birinchisi, yо‘qolgan yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlash (Automatic Retransmission reQuest – ARQ). Bu yondashish transport satxidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IPprotokoli stekida qо‘llaniladi. NRT-axborotini xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi. Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va tо‘g‘rilash imkonini beruvchi ortiqcha axborot uzatiladi. Bunday yondashuv transport satxining boshqa protokolida UDP (User Datagram Protocol), TCP/IP protokolining shu stekida qо‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashlovchi, xatoliklarga yо‘l qо‘yuvchi (RT kabi NRTda ham) ilova, odatda paketlarni uzatishda vaqtni yо‘qotishdan xoli bо‘lish uchun UDPni qо‘llaydi. RT, diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz (Continuous media – CM)multimediaga bо‘linadi. Bu asosan ma’lumotlar diskret yoki uzduksiz oqimda uzatilishiga bog‘liq. О‘z navbaida SM xatoliklarga yо‘l qо‘yuvchi va xatoliklarga yо‘l qо‘ymaydigan turlaga bо‘linishi mumkin. Birinchi turdagi RT ga misol qilib ovozli va videokonferensiyalarni о‘tkazishda qо‘llaniladigan ovozli va video oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi ilovaga misol qilib esa uzoqdagi kompyuterni ishga tushurishni tushunish mumkin. Ochiq tizimlarni о‘zaro bog‘lanish etalon modeliAloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‘indisini о‘zida namoyish etadi. Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni ta’minlovchi vositalar kompleksidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta’minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni ta’minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma xisoblanadi. Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U telefon aloqa, ma’lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Telefon tarmog‘i bо‘yicha ma’lumotlar uzatish (telefon xizmatini qо‘llab) telefon kanallari bо‘ylab ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida kо‘riladi. Telefondan foydalanuvchi, modem yordamida о‘zining kompyuterini telefon tarmog‘iga ulashi mumkin. Ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida biz ma’lumotlar uzatish uchun maxsus yaratilgan aloqa tizimini tushunamiz, ya’ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash usullari, taqsimlash va ma’lumotlar uzatish. Shu vaqtning о‘zida ma’lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin. Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan belgilanga aniq qoidalar bо‘yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bо‘yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi ochiq tizimlarni о‘zaro aloqasi uchun xalqaro standartlar ishlab chiqarish. Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan о‘zaro ta’sirlashishi mumkin bо‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarni о‘zaro bog‘langan (OTО‘B) etalon modeliga mos kelsa u ochiq tizim xisoblanadi. OTО‘B etalon modeli – standartlar tuzilishini umumiy strukturasi. U aloxida standartlar orasidagi о‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTО‘B uchun talab etiladigan kо‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta’minlash uchun asos xisoblanadi. Biroq OTО‘B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar tо‘plamini, shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar tо‘plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi satxlarni о‘zaro ta’sirlash qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi. Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar о‘zaro bog‘langan satxlarga bо‘linadi. Yetti satxli modelda (1-3) quyi satx protokollari axborot uzatishga, yuqori satx (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mо‘ljallangan. Transport satx protokollari ba’zida aloxida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‘liq emas. Biroq bu satx о‘zining funksiyalari bо‘yicha quyi satlarga yaqin bо‘lgani uchun quyi satxga tegishlidir. Barcha yettita satxning vazifasi qо‘shimcha jarayonlarni ishonchli о‘zaro ta’sirini ta’minlashdir. Bunda qо‘shimcha jarayonlar sifatida foydalanuvchi extiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Xar bir satx о‘zining vazifasini bajaradi. Biroq satxlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini tekshiradi. Qо‘shimcha satx – tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari va foydalanuvchi xisoblanuvchi qо‘shimcha jarayonlar va tarmoq terminallarini boshqaradi. Bu satxning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish, tarmoqni adminstrativ boshqarishdir. Bu satxda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish ta’minlanadi. Bu satxda ma’lumotlar uzatish infrostrukturasini sozlash xisoblunuvchi texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya, resurslarga ulanish, internetda ishlash. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling