23-bilet Tarmoq sathi protokollari
Download 18.99 Kb.
|
23-bilet FAZLIDDIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUB qurilmasi haqida ma’lumot.
- A sinfga tegishli manzillar uchun niqob qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan 255.0.0. LAN tarmog’ini tashkil etish
23-bilet Tarmoq sathi protokollari. Tarmoq sathi paketlar harakati uchun marshrutni tanlash va paketlarni deytagrammali usulda uzatishga javob beradi. Tarmoq sathi protokollari: IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791); Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli –IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376). Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi. HUB qurilmasi haqida ma’lumot. Hub (konsentrator) – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga jo’natadi. Shu vaqtda Hubga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot jo’natiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan holatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. A sinfga tegishli manzillar uchun niqob qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 255.0.0. LAN tarmog’ini tashkil etish LAN - bu kirish nuqtalari, kabellar, marshrutizatorlar va switchlardan tashkil topgan kompyuter tarmog'i. Lokal tarmog'i odatda nisbatan kichik maydonni yoki binolarning kichik guruhini qamrab oladigan kompyuter tarmog'idir. LAN atamasi kibersportda ham qo'llaniladi va o'yinchilar uydan Internet orqali o'ynashdan ko'ra bir xonada mahalliy tarmoq orqali ulanganligini anglatadi. LANni tushunish - bu tarmoq maydoni juda kichik yoki cheklangan bo'lgan kompyuter tarmog'idir. Masalan, ofis kompyuter tarmoqlari, maktablar, uylar yoki bitta xonada. LAN - bu tarmoqda ishlatiladigan bitta texnologiya talablari asosida qurilgan kompyuter tarmog'i, aksariyat hollarda u Ethernet bo'lib, faqat kompyuterlarni qamrab oladi. Download 18.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling