Internet promouteri
|
Internet marketingi bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni axborot mahsulotlari bozorini o‘rganish orqali reklama tadbirlarini tashkil etuvchi, katalog resurslari loyihasi va qidiruv tizimlarida saytlarni qayd qiluvchi reklamalarni to‘g‘ri tarqatuvchi, xizmatlarga vaqtinchalik chegirmalar
beruvchi mutaxassis.
|
Internet protokoli
|
Kompyuterlar orasida axborot almashinuviga javob beradi. Internet protokol manzil - kompyuterlarga berilgan aksariyat hollarda 32 bitdan tashkil topgan bo‘lib, intemetga ulangan kompyuteming manzilini
aniqlaydi.
|
Internet provayderi
|
Foydalanuvchilarga Intemetdan erkin foydalanish
xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya.
|
Internet server
|
Xohlagan kerakli Internet xizmatlar faoliyatini ta’minlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: http (sayt), E mail (elektron pochtasi), anjumanlar, ftp va h.k. Saytni Intemetda joylashtirish uchun kamida http xizmatini
qo‘llab-quvvatlovchi Intenet serveri zarur.
|
Internetda axborot qidirish tizimlari
|
Intemetda axborot qidirish tizimlariga quyidagilarni misol qilsa bo‘ladi:YAHOO, LYCOS, EXCITE, GOOGLE, RAMBLER, YANDEX, APORT va
hokazolar.
|
Internetdagi manzil
|
Fayl yoki boshqa resursning Intemetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil. Internetdagi manzil odatda to‘rtta elementdan iborat: resursdan erkin foydalanish bayonnomasi, masalan, http://; odatda resursni qo‘llab- quvvatlovchi tashkilot nomi bilan bir xil bo‘lgan server nomi; resursni qo‘llab-quwatlovchi tashkilot turini belgilovchi qo‘shimcha. Internetdagi manzil, shu- ningdek, URL (Uniform Resource Locator) manzili deb
ham ataladi.
|
Intranet
|
Internet tarmog‘i mahsulotlari va texnolo- giyalardan foydalanuvchi va korporativ axborot resurslariga o‘z foydalanuvchilarining kirishini ta’minlovchi idora, tashkilot va boshqalaming hisoblash tarmog‘i.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |