Badiiy adabiyot tilida uslubiy vazifani bajarishga xizmat qiluvchi tilning ifoda tasvir vositalari ham badiiy uslubning boshqa funksional uslublar orasidagi mavqeini belgilovchi eng muhim alomatlardan biri sanaladi


Download 23.2 Kb.
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1375163
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OTASHGA


@10-bilet 1-savol. Badiiy uslubda tuzilgan matnlar haqida ma'lumot bering Badiiy adabiyot tilida uslubiy vazifani bajarishga xizmat qiluvchi tilning ifoda tasvir vositalari ham badiiy uslubning boshqa funksional uslublar orasidagi mavqeini belgilovchi eng muhim alomatlardan biri sanaladi. Chunki til vositalarining majoziy, yani kochma manolarda hamda obrazli tasvir uchun turli shakllarda qollanish zarurati malum darajada tilning barcha funksional uslublarida bor bolsa-da, ammo ularni badiiy uslubdagichalik bemalol, erkin, mukammal va keng doirada foydalanishning imkoniyati yoq. Boshqa uslublarda asosan kopchilikka malum bolgan, tilda qisman turgunlik kasb etgan tasviriy vositalarga murojaat qilinadi. Badiiy matnda esa tasviriy vositalarning shunday korinishlariga duch kelamizki, ularni faqat maxsus ijodiy mehnat mahsuli bolgan badiiy tafakkurgina yuzaga keltirishi mumkin. Uzbek badiiy adabiyoti tili namunalarini organish jarayonida badiiy tasvir vositalari qamrovi nihoyatda keng va badiiy obraz yaratishdagi, emotsional-ekspressiv nozikliklarni bera olishdagi asosiy vositalardan ekanligining guvohi bolamiz. Ularning troplar deb ataluvchi qismi obraz yaratishda bevosita ishtirok etsa, ikkinchi bir qismi - uslubiy figuralar esa, garchi obraz yaratmasa-da, ana shu obrazlarning shakllanishiga, barkamol, pishiq bolishiga, oquvchining matnni togri va tez tushunib olishiga komaklashadi. Kochma manoda qollanilayotgan, obraz yaratayotgan til birliklari darajasida bolmasa ham, ular vaziyatga qarab qoshimcha mano ifodalaydi, tasvir obyektiga ijodkor bahosini beradi, yuksak emotsionallikni yuzaga keltiradi. Uquvchi yoki tinglovchidagi hissiyotlarning junbushga kelishida tezlashtiruvchi vosita rolini - katalizatorlik vazifasini bajaradi, yozuvchiga komakdosh boladi.
10-bilet 2- savol.Matnlarda sinonim so'zlarning qo'llanishi. Badiiy asardan misol keltiring Sinonimlar. Manodosh yoki ozaro yaqin manoli, talaffuz va imlosi boshqa­boshqa sozlar yigindisi sinonim hisoblanadi: chiroyli, gozal, korkam, kohlik, xushroy, suluv, zebo kabi. Nutqning aniq va ravshan bolishi sinonimlardan togri foydalanishga bogliq. Bazi sinonim sozlarning manosini farqlash birmuncha murakkab boladi. Bu borada hatto mutaxassislar ham ikkilanib qoladigan jihatlar mavjud: iflos, isqirt, irkit, isliqi, iqna, olqindi, yulqindi kabilar. Sinonim sozlarning mano qirralarini togri anglash va oz ornida qollash ularning qanday sozlar bilan birikib kela olish darajasiga bogliq. Masalan, qasamyod qilmoq, qasam ichmoq. qiyoslang: qasamyod ichmoq, ont qilmoq, qasam qilmoq deb bolmaydi. Til faktlari sinonim sozlar bilan evfemizmlar orasida malum darajada munosabat borligini korsatadi. Malumki, ochiq aytilishi noqulay, uyat, qopol, noxush hisoblangan soz va iboralarning ana shunday taassurot uygotmaydiganlari bilan almashtirilishi evfemizmlarning hosil bolishiga sabab boladi. Masalan, kor ornida, kozi ojiz, amo, basir; jinni ornida aqli zaif, aqli qusur, kirdi­chiqdi (shevada) kabilar. Korinadiki, nutqimiz nozik mano qirralariga, shuningdek, rang­barang uslubiy buyoqqa ega evfemik­sinonimlarga ham ega. Demak, sinonimlar nutqni ravon va tasirchan bolishida, uslubning rang-barangligini taminlashda, uslubiy takrorlardan qochish ahamiyatli ekan.

Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling