Badiiy adabiyot tilida uslubiy vazifani bajarishga xizmat qiluvchi tilning ifoda tasvir vositalari ham badiiy uslubning boshqa funksional uslublar orasidagi mavqeini belgilovchi eng muhim alomatlardan biri sanaladi


Download 23.2 Kb.
bet3/7
Sana21.04.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1375163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OTASHGA

12 BILET 1.Bazi tilshunoslar gapni uzil-kesil matnning minimal birligi deb hisoblaydilar.Bu munosabat bilan M.Ya.Bloxning mulohazalari alohida etiborga molik. Uning fikricha, yaxlit tekst strukturasining bevosita elementi faqat frazadan katta birlik, yani gaplarning qoshilmasigina emas, balki ayni paytda matn tuzuvchi tomonidan mazmunan muhim maqomga qoyilgan alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni maqomi monologik yozma nutqda ularni alohida abzats sifatida ajratishni taqozo etadi.Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar ham mavjudligini aytadilar va ularni erkin gaplar sifatida baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn birliklari deb hisoblaydilar. A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni qollab-quvvatlaydi, ozbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil qiladilar, Said Ahmadning Ufq romanidan olingan shunday misol beradilar:Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bagriga yashirgan osha mashum tutzor, azamat yigitning pahlavon koksiga bosh qoygan qoq tush pallasi
12.2 Ozbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev supersintaktik butunliklar terminini qollashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida ozbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, sintagmatik va semantik-uslubiy xususiyatlarini ilmiy asosli ravishda korsatib bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish prinsiplarini (semantik, grammatik va kompozotsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga otilishi supersintaktik butunlikni tashkil etuvchi nisbiy mustaqil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqa mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural yaxlitligini taminlashini juda togri takidlagan.Supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning ozaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va serqatlam hodisadir. Ana shunday gaplar yigindisini yaxlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud.
12.3.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, o‘qigan yoki guvoh bo‘lgan biror bir voqеani hikoya qilib bеradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni mazkur matn tipiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi asosan o‘tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko‘plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqеa – hodisa kichik yokikеng qamrovli bo‘lishi mumkin. Sеkin - asta ko‘tarilib boruvchi izchil va yaxlitlovchi ohang kuzatiladi. Matn butunicha, yoki ma’lum bir parchasi hikoya mazmunli bo‘lishi mumkin. Muallif nutqida ham, qahramonlar nutqida ham keng foydalaniladi. Matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) yеtakchi omil hisoblanadi. Monologik nutq ko‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bo‘ladi. O‘rni bilan diologik nutq ko‘rinishlariga murojaat qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining motivatsion butunligi roviyga bog‘liq bo‘ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, xabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar birdaniga ishtirok etishi mumkin.
«Duogo‘y». Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog‘ qishlog‘iga yеtib bordik. Mеhmonga chaqirishdi. Uy to‘la odam. Davra boshida to‘rvadеk soqoli ko‘ksiga tushgan qariya o‘tiribdi. hamma unga ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kеlib qo‘shilmasin chol uzundan-uzoq duo o‘qiydi. «Sеn ham mеning yoshimga yеtib yurgin, bacham», dеb fotiha tortadi. Bir xil duo takrorlanavеrgach, Said Ahmad aka so‘radi: -Nеcha yoshga chiqdingiz, taqsir?
-Mеnba?-dеdi chol salmoqlab. –Ikkam jеtmishga bordim.
-Voy bo‘-o‘-o‘!-dеdi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sеning duong mustajob bo‘lsa, mеn sakkiz yil avval o‘lib kеtishim kеrak ekan-da, ukam? Mеn yеtmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz!
Masalan,Yakan,Ótmishdan ertaklar



Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling