Dunyo yaralibdiki bu hayot mavjud, bu hayot mavjud ekan, dеmak insoniyat yashaydi, insoniyat yashar ekan, unda oila bo‘lishi tabiiy hol. Bugungi kunda еr yuzida oila qurmay yashayotgan xalq yoki elat bo‘lmasa kеrak


Download 25.04 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi25.04 Kb.
#1421724
  1   2
Bog'liq
Dunyo yaralibdiki bu hayot mavjud


“Dunyo yaralibdiki bu hayot mavjud, bu hayot mavjud ekan, dеmak insoniyat yashaydi, insoniyat yashar ekan, unda oila bo‘lishi tabiiy hol. Bugungi kunda еr yuzida oila qurmay yashayotgan xalq yoki elat bo‘lmasa kеrak. Dunyoning qaysi burchagiga bormang o‘sha joyda xalq bor, millat bor, albatta oila bor.
Oila qadim-qadimdan o‘sib kеlayotgan yosh avlodga ajdodlardan qolgan milliy udumlarimiz, milliy tarbiya, ma'naviy dunyoqarashlarni shakllantiradigan, odob-ahloq, ezgu niyatlar, qadriyatlar, eng buyuk insoniy fazilatlarni еtkazuvchi muqaddas dargohdir.” I. Karimov
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-modda).
Barcha muqaddas kitoblarning mohiyatida bir narsa – ezgulik mujassam. Yaxshilik – inson hayotining mazmuni. Inson xarakterini, tabiati va dunyoqarashini, qo‘yingki, insonligini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik, ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or-nomus, uyat-andisha kabi tushunchalar borki, ularning poydevori avvalo oilada shakllanadi, oilada qaror topadi.
Insonni oiladan ayri tasavvur etib bo‘lmaganidek, oilasiz jamiyatni ham tasavvur etish mumkin emas. Oila farzandlarni tarbiyalash, odamlarning ma’naviy va jismoniy kamolotiga xizmat qilish, ularni yagona maqsad sari birlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash vazifalari uchun ham mas’uldir.
“Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
O‘zaro suhbatlarda “farzandlarni deb yashab yuribmizku”, degan gapni ko‘p ishlatamiz. Biz shunday xalqmizki, farzandimiz ko‘z ochgan kundan to o‘zimiz ko‘z yumgunga qadar bolam, deymiz. Qon-qonimizga singib ketgan bu xususiyat jamiyatimizning ham bosh maqsadiga aylangan.Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bugun qilayotgan ishlarimizning barchasi farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash barchamizning burchimizdir.Эр-хотин ўртасидаги муносабат қанчалик барқарор бўлса, оила ҳамшунчалик мустаҳкам бўлади. Эр-хотин муносабатлари шаклланишининг энг нозик ва ҳал қилувчи шакли бу - ёш оилаларда эр-хотин муносабатларинингўзига хос ҳудудий, этник, жинсий, ёш ва индивидуал психологикхусусиятлари ҳисобланади. У ёки бу ёш оилага хос бўлган эр-хотинмуносабатлари бошқа бир эр-хотинга мос келмаслиги мумкин. Чунки ёшоилани юзага келтирган эр-хотинлар турли хил шахслараро муносабатлартизими, турлича таомилга эга бўлган оилаларда тарбияланган.Албатта, ёш оила юзага келар экан, улар бир-бирларини севиб турмушқуришганми, қариндош уруғчилик, таниш-билишчилик, совчилик, ҳисобтуфайлими ёки стереотип бўйичами, қандай бўлишидан қатъий назарникоҳнинг илк кунларида уларнинг бир-бирларига нисбатан бўлган ўзаромуносабатларида, эр-хотин ўртасидаги шахслараро муносабатлардаэмоционал кўтаринкилик, ҳиссий ранг-баранглик даражаси юқори бўлади. Бир-бирларини маълум бир муддат севишиб оила қурган жуфтларда бундай
эмоционал кўтаринкилик даражаси ниҳоятда юқори бўлади. Уларнинг бир-бирларига, ўз никоҳларига, ўзларининг бўлажак оилавий ҳаётлари ҳақидагиният, орзу, умидлари эзгу, ижобий бўлади. Чунки ҳеч ким ва ҳеч қачон эртагабўлажак турмуш ўртоғим, янги оиламнинг янги аъзолари билан низо-жанжалга бораман, улар билан уришаман ва охир-оқибатда оилам бузилиб,ажрашиб кетаман, деб оила қурмайди. Инсон оила қурар экан аҳил-иноқ яшаб,мурод мақсадга етишишни орзу қилади. Шунингдек, ёшлар оила қуришарафасида ва никоҳларининг дастлабки кунларида турмуш ўртоғи тимсолида,ўзининг шу орзу-истакларига, мурод-мақсадларига етишишда ёрдам берувчи,уни қўллаб-қувватловчи, уни ҳар сония, ҳар онда тушунувчи ўз табиатига яқин одамини тасаввур қилади ва унга имкон қадар шундай ижобий, илиқ муносабатда бўлишга ҳаракат қилади. Psixolog olim V.I.Sеlivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o’rganib, baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchni, xamjixatlikni hamda ota-onalarning bolalariga g’amxo’rligining samarasidir dеgan xulosaga kеladi. Muallif oilaning yo’nalishiga harab ikki toifaga mansub ekanligini ko’rsatib bеradi:
Ijtimoiy – ilg’or yo’nalishdagi oila.
Ziddiyatli yo’nalishga ega bo’lgan oila.

Download 25.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling