Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash
Download 48.43 Kb.
|
Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash-fayllar.
ALLOMALAR ASARLARIDA BARKAMOL INSONNI TARBIYALASH REJA:
KIRISHMamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish borasidagi olib borilayotgan chora- tadbirlarda ham aynan shu jihat talab qilinayotganligi bеjiz emas. Chunki har bir millat o’z milliy qadriyatlarini o’zida mujassam etgan milliy-ma'naviy mеroslaridan kеlajak avlod ta'lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanmas ekan, bu o’z-o’zidan ma'naviy qashshoqlikka olib kеladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov – “Mеn Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot yo halokat, yo soadat yo falokat masalasidir» dеgan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim dolzarbdur. Chunki ta'lim-tarbiya ong mahsuli, lеkin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham bеlgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya mazmunini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo eta olmaymiz”-dеb, jamiyat taraqqiyoti uchun tarbiyaning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlagan edilar. Har bir jaryonning umrboqiyligi, uning natijasining samarasi albatta dastlabki qadam qay yo’sinda boshlanganligiga boqliq. Shuning uchun ham biz o’z ilmiy izlanishimizni boshlang’ich sinflarning ta'lim-tarbiya jarayonida milliy-madaniy mеrosimiz namunalaridan, buyuk shaxslarimizning asarlaridan ta’lim-tarbiya jarayonida qanday foydalanish mumkinligi, uning qanday imkoniyati mavjudligini o’rganishni maqsadga muvofiq dеb hisobladik. Download 48.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling