Jamiyat tushunchasi


Download 30.09 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi30.09 Kb.
#1149388
  1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyat tushunchasi.


Jamiyat tushunchasi.
Jamiayt insoniyat davlat huquqlarini tarixida murakkab xodisa sifatida jamiyat, davlat, huquq to’g’risida turli fikrlar mavjud bo’lib kelgan. Inson yaralibdiki, har doim jamiyat bilan alohida bo’lib, u jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi.
Jamiyat insonsiz mavjud bo’lmasligi kabi inson ham jamiyatsiz mavjud emas. Jamiyatning yuksalishida, rivojlanishida, ulkan yutug’larga ega bo’lishida eng birinchi o’rinni inson egallaydi. Inson vujudga kelishi bilan u yashashga intiladi, oldidagi to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladi, izlanadi, tirishib-tirmashib hayot uchun kurashadi. Bu kurash, yashash jarayonida davlat, jamiyat insonga yordam beradi.
Inson o’z fikr, hayot tajribasi orqali jamiyatda o’zining yashash tarzini, huquqiy holatini o’rganishi zarurligini bilib boradi. Davlat idoralarida ishlovchi insonlar maxsus tartib doirasida qonun - qoidalar qabul qilinishini amalga oshiradilar. Bu qonun - qoidalarni ham inson taklif etadi, davlat organlari tasdiqlaydi. Inson juda katta kuchga, salohiyatga ega.
Jamiyat esa odamlarning o’zaro bog’liqligi, hamkorligi asosida tashkil topadi, shakllanadi, rivojlanadi. Jamiyat bugun birlashib ertaga tarqalib ketadigan uyushma emas. Bu mustahkam, bir-biriga bog’langan, doim yashash imkoniyatiga ega jamoa uyushmasidir. Jamoa esa insonlardan tashkil topadi. Demak inson – jamiyat asoschisi. Jamiyatni insonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Inson vujudga kelishi davridan boshlab jamiyatda o’z xulqi, yurish-turish tartibini shakillantirib borgan. Odamlarning birinchi munosabatlari tartib, ahloq qoidalari asosida namoyon bo’lgan.
Jamiyatda insonlar ma’lum bir qiziqish, ehtiyoj, manfaatlarga ko’ra birlashadilar va o’zaro munosabatda bo’ladilar. Jamiyatda biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar amal qiladi va bu qonunlar insonlar bilan bog’liq bo’ladi.
Inson - birlashgan jamiyat murakkab, tobora rivojlanib, takomillashib boradigan oilaviy, milliy, sinfiy, tabaqaviy, diniy, ahloqiy munosabatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.
Jamiyat ilmiy adabiyotlarda ko’p jihatdan ijtimoiy munosabatlar tizimi nuqtai nazaridan o’rganiladi, uning negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil etish va uning asosida turli ustqurmalar, maslan, siyosat, davlat, huquq, sa’nat, adabiyot va boshqalar qurilishi e’tirof etiladi.
Jamiyat vujudga kelganidan boshlab bugungi kunga qadar rivojlanib kelmoqda. Jamiyatda turli ijtimoiy yoki siyosiy vazifani bajaruvchi tashkilotlar, uyushmalar, birlashmalar paydo bo’ladi.
Jamiyatning birinchi tabiiy bo’g’ini sifatida oila paydo bo’lgan. Oila jamoasi qarindoshlik munosabatlariga asoslangan. Oila jamoasi tashqi hujumdan himoyalanib, harbiy yurishlar tashkil qilish, jamoa bo’lib ov qilish uchun qarindoshlik asosida yirik uyushmalarga birlashishi mumkin bo’lgan. Sekin-asta mehnat, oziq-ovqat, oila-nikoh munosabatlari vujudga kelgan.

Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling