Jamiyat tushunchasi


Davlatning vujudga kelishi


Download 30.09 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi30.09 Kb.
#1149388
1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyat tushunchasi.

Davlatning vujudga kelishi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va nazorat qilish, oziq-ovqat va boshqa resurslarni saqlash, taqsimlash, qo’shni guruhlar bilan ayirboshlash, yer uchastkalarini qayta taqsimlash zaruriyati kerakli bilimlarga va mahoratlarga ega bo’lgan maxsus qatlamlarning ajralib chiqishiga olib kelgan.
Boshqaruvchilar faoliyati asta-sekin ixtisoslashib doimiy kasbga aylanib bordi. Ijtimoiy hokimiyat jamiyatni boshqaruvchilar - ma’muriy oqsuyaklar, zodagonlarning hukmronligiga aylandi. Urushlar himoya vositasidan qo’shimcha ishchi kuchini qo’lga kiritish vositasiga aylandi. Asirlar qullarga aylantirildi. Mulkiy tengsizlik bilan bir qatorda ijtimoiy tengsizlik yuzaga keldi.
Davlat bu ma’lum hududda yuqori hukmronlikka ega tashkilotdir. Italiyalik tafakkur Nikkola Makkavelli (1469-1527) dalatga stato (lotin tili statis – status) degan ma’no bergan. Aristotel – davlat aql idroki, haqiqat, chiroy va umumiy huzur-halovat, degan edi. T. Gobbs – davlatni jahannomga teng deb, uning og’zidan olov chiqadi, burnidan tutun, nafasi ko’mirni kuydiradi, bo’ynida kuch bor va uning oldida daxshat ham yordam beraolmaydi, degan edi.
O’z mavqelaridan foydalanib tobora ko’proq yer, mol –mulk, harbiy o’ljalarni egallab ola boshlagan dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar - ruhoniylar guruhi ajralib chiqa boshladi. Ularning hokimiyati shaxsiy manfaatni himoya qilishga, qullar va boshqariluvchilarni ushlab turish va bo’ysundirishga tobora ko’proq xizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar hokimiyati saylab qo’yilmasdan, asta-sekin meros bo’lib qola boshladi. Ularning atrofida doimiy harbiy drujina jamlana boshladi.
Urug’chilik demokratiyasi o’rniga harbiy demokratiya vujudga keldi. Urug’ a’zolari boshqaruvda ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlik qilish yo’lboshchilar va harbiylar qo’liga o’tdi. Iqtisodiyotda va jamiyat tuzilmasida yuz berayotgan o’zgarishlar keskin nizolarni keltirib chiqardi. Urug’-qabila tashkiloti sharoitida ularni hal etish imkoni bo’lmay qoldi. Boshqa siyosiy tashkilot zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot davlat bo’lib chiqdi.
SHunday qilib, hozirgi zamon tarixiy, etnografik, arxeologik va boshqa ma’lumotlarning yorqin guvohlik berishicha, ibtidoiy jamoa tuzumining tabiiy rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan jamoa tepasida turuvchi tuzilmalardan davlat tashkil topgan. Davlatlar tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasida turli qit’alarda va turli xalqlarda turli vaqtlarda sodir bo’lgan hamda asrlar davomida, ba’zan ming yillab davom etgan.
Davlatlarning tashkil topishi bu - insoniyatning ibtidoiy jamiyatdan sivilizatsiyaga yorib o’tishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiya va davlatlar qadimgi SHarqda miloddan avvalgi IV-III ming yillikda tashkil topgan. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlagan. yevropaning ko’pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va davlatning tashkil topish jarayoni o’rta asrlarda nihoyasiga yetgan. Afrika va yer yuzining boshqa ba’zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug’ munosabatlari yashab kelgan va bu yerlarda davlatning tashkil topishi tabiiy rivojlanish natijasida emas, balki yevropa mustamlakachiligi oqibatida vujudga kelgan.
Davlat yaxshi ham yomon ham bo’lmaydi. U qonun va qoidalarga suyangan xolda odamlar, gruhlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tartibga solib turish uchun zarur.
Davlat jamiyatning muhim tarkibiy elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo’lib, u o’zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo’lni
Davlat apparati dastlabki bosqichlardayoq keng tarmoqli murakkab tizimga ega edi. U o’zini saqlash va faoliyat ko’rsatish uchun ma’lum manbaalarga muhtojlik sezgan. Bunday manbaalar soliqlar, yig’imlar va boshqa tushumlar edi. Davlat asosida tug’ilgan har qanday jamiyat samarali boshqarishga muhtoj bo’lib, uning keyingi rivojlanishi shunday boshqarishni izlash bilan bog’liqdir. Jamiyat a mavjudotlar guruhi a bilan yashaydiganlar uyushgan yo'l. Bu so'z lotin tilidan keladi jamiyatlar, Bu nima degani boshqalar bilan do'stona munosabatlar.
Jamiyat tushunchasi uyushgan yoki tartibli ravishda shaxslarning birgalikdagi hayoti va birgalikdagi faoliyatini taxmin qiladi va ma'lum darajada aloqa va hamkorlikni nazarda tutadi.
Jamiyatni xarakterlovchi narsa bu a'zolar o'rtasida manfaatlarni taqsimlash va o'zaro tashvishlarga rioya qilishdir. Ushbu to'plam doirasida har bir individual muayyan funktsiyalarni bajaradi.
Inson jamiyatlari sotsiologiya, antropologiya va boshqa ijtimoiy fanlarni o'rganish ob'ekti hisoblanadi.
Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling