Badiiy adabiyotda modernizim. Reja : Kirish I bob badiiy adabiyot hayotiga modernism tushunchasining tavsifi


Download 86.35 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2023
Hajmi86.35 Kb.
#1647276
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Badiiy adabiyotda modernizim. KURS ISHI


Badiiy adabiyotda modernizim.
Reja :
Kirish
I BOB Badiiy adabiyot hayotiga modernism tushunchasining tavsifi

  1. Modernizm va modern adabiyoti haqida bahs-munozaralar

  2. Axborot kommunikatsiyalarining qudratli kuchi xususida muhokama

II BOB Modernistik fantastika ichki men va ong haqida

  1. XX asrning 2 — yarmida tashkil topgan abstrakt sanʼati

  2. Minimalizm, absurd drama kabi postmodernizm yoʻnalishlarida ham modernizmning o`z aksini topganligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
So‘nggi yillar o‘zbek adabiy tanqidchiligida modernizm va modern adabiyoti haqida ko‘p yozishayapti, bahs-munozaralar bildirilmoqda. Aslida, o‘tgan asr G‘arbiy Yevropa va Amerika adabiyoti va san’atida yetakchi oqim sanalgan modernizm tanqidiy realizm, xususan sotsialistik realizm aqidalariga qarama-qarshi pozitsiyada turgan adabiy oqim bo‘lib, asrning oltmishinchi yillarida o‘z umrini yashab bo‘ldi va o‘rnini postmodernizm deb ataluvchi yangi oqimga bo‘shatib berdi. XX asrning oxiriga kelib postmodernizm ham inqirozga yuz tutdi. Endilikda jahon adabiyotidagi avangard doiralar yana yangicha uslublarni kashf etishga urinmoqdalar1.
Modernizm XX asr g‘arb adabiyoti va san’atining umumiy tavsifi tarzida bir necha o‘lchovlarda mavjud bo‘lib, bizningcha ularni quyidagi mazmunda xulosalash mumkin.
Birinchidan, modernizm – bu zamonlar oralig‘idagi tafovutni, “eskilik” va “yangilik” o‘rtasidagi ixtiloflarni o‘z g‘oyaviy qarashlari bosh mezoni qilib olgan yuz yillikning ma’naviy qiyofasidir. Uning ortida F. Nitsshening “xudolar o‘limi” falsafasi, Yevropa xaritasini qayta tuzgan siyosiy inqiloblar va ilmiy kashfiyotlar, totalitar tuzumga asoslangan diktaturalar, xunrezlik urushlari, informatsion portlashlar, sivilizatsiyaning koinotga chiqishi kabi global o‘zgarishlar yotibdi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, uning ortida “markazsiz dunyo” (U. B. Yeyts)-ning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan ob’yektiv borliq qonuniyatlarining insoniyat tarixida chuqur ildiz otolmaganligi, mustahkam o‘rnashib ololmagani, epis-temologik dudmolligi hamda muayyan shaklga keltirilgan utopik (ilmga asoslanmagan, amalga oshmaydigan, xomxayol) orzu-umidlar bilan shaklsiz, noaniq antiutopik voqelik o‘rtasidagi hal qilib bo‘lmaydigan ziddiyatlarning mavjud ekanligida edi.
Dastavval bashariyatni ocharchilik va qashshoqlikni yengishga da’vat qilgan yigirmanchi asr vaqt o‘tib o‘zining insonparvarlik, yuksalishga intilish, jamoatchilikka tayanish, ilmiy-texnika taraqqiyotining cheksiz rivojlanishiga xayrixoh bo‘lish kabi tamoyillariga qarshi turdi, amalda “eskirgan” bo‘lib chiqdi. Ayni paytda, umuminsoniy tamoyillarning g‘ayriinsoniy tuzum qonunlari oldida erksizligi, voqelikning hardamxayolligi, siyosiy yolg‘on safsatalar, jamiyatning haddan tashqari himoyasizligi va hattoki be’maniligi ro‘parasida tizilgan odamlarning fojeaviy yolg‘izligi zamoni bo‘lib qoldi.


Download 86.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling