Badiiy asar kompozitsiyasi Reja


BADIIY ASAR KOMPOZITSIYASI


Download 100.1 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi100.1 Kb.
#1532711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

BADIIY ASAR KOMPOZITSIYASI
(lot. composition – tuzish, biriktirish) – badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy sistema(asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. YA’ni, kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir. SHu amal tufayli asar unsurlari shunday uyushtiriladiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsur bo‘lmaydi, har bir unsur butun tarkibida o‘z funksiyasiga ega bo‘ladi va muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. K. tushunchasi badiiy asarning barcha sathlariga birdek taalluqli, uning qaysi sathi haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu aspekti diqqat markazida turadi: matn qurilishi (bob, sarlavha, asosiy va yondosh matn), badiiy nutq shakllari (hikoyalash, tavsif, dialog), rivoya sub’ektlari (muallif, personaj, o‘zga shaxs), nuqtai nazar(roviy yoki personaj nigohi orqali ko‘rish)larning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi (bosh, ikkinchi darajali va yordamchi personajlar tarzida darajalanishi, ularning shunga mos o‘zaro munosabatdorlikda joylashtirilishi), syujet qurilishi (voqealarning zamon yoki sabab-natija munosabati asosidagi aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va zamonda kechayotgan voqealarning o‘zaro bog‘liqligi, makoniy va zamoniy o‘zgarishlarning asoslanishi va b.) – bularning bari K. bilan bog‘liq tushunchalarning bir qisminigina tashkil qiladi. K. badiiy asarni chinakam sistema, ya’ni qismlardan tarkib topgan, lekin barcha qismlari o‘zaro mustahkam aloqadagi butunlikka aylanishini ta’minlaydi. Buning uchun esa qismlarning har biri o‘z o‘rni va o‘z me’yorida, butun bilan mustahkam aloqada bo‘ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirishi muhim. YA’ni, ijodiy niyatdayoq o‘qish jarayoni nazarda tutiladiki, ayni shu narsa ijod jarayoniga ham ta’sir qiladi, yaratilajak asar K.sining qanday bo‘lishini belgilaydi. O‘quvchi K. jihatidan yaxshi tashkillangan asardan to so‘nggi nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, o‘qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish hislaridan forig‘ bo‘ladi. Demak, badiiy asar K.si nafaqat asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’minlaydigan, balki uning o‘qilishi, uqilishi va kitobxonga g‘oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san’at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan. SHuning uchun ham K.ga badiiy shaklning gultoji sifatida qaraladi, muayyan asar badiiyati haqida so‘z ketganda uning kompozitsion xususiyatlariga, badiiy mahorat haqida so‘z borganda shu boradagi mahoratga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda hayot muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. YA’ni, san’atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni – voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materiali(dispozitsiya)ni badiiy asar(kompozitsiya)ga aylantirishi zarur bo‘ladi. SHu bois ham dispozitsiyani K.ga aylantira olish iqtidori ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sirasida eng muhimi sanalib, iste’dod kuchi shu iqtidorning qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.


Download 100.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling