Badiiy asar kompozitsiyasi Reja


Download 100.1 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi100.1 Kb.
#1532711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

BADIIY ASAR TILI
Badiiy asar tili, so‘z san’atining asosiy quroli, badiiy adabiyotning obraz yaratish vositasi; poetik til, badiiy adabiyot tili kabi shakllarda ham ishlatiladi. YA’ni, badiiy adabiyot birlamchi belgilar sistemasi sanaluvchi til vositasida ikkilamchi belgilar sistemasini – badiiy voqelikni tashkil qiluvchi obrazlar tizimini yaratadi. Adabiyotshunoslikda B.t.ni alohida hodisa deb tushunuvchilar ham, uni milliy tilning alohida vazifaga (ya’ni, badiiy muloqot uchun) xoslangan ko‘rinishi sifatida biluvchilar ham mavjud. Agar B.t. milliy til negizida vujudga kelishi, milliy til elementlari vositasida badiiy obrazlar yaratilishi va ayni shu obrazlar ikkilamchi belgi (ya’ni, yuqoriroq sathdagi o‘ziga xos til birligi) sifatida badiiy muloqotni amalga oshirishi e’tiborga olinsa, ikkinchi qarash haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi. SHunga ko‘ra, B.t. atamasini qo‘llashda ma’lum shartlilik bor: alohida hodisa sifatida mavjud bo‘lmagani holda u badiiy asar(lar) doirasi (ya’ni, amalga oshib bo‘lgan badiiy nutq) dagina mavjudki, aniqlik talabi bilan tushunchani ko‘pincha badiiy asar tili tarzida ifodalanishi shundan. Yirik rus filolog olimi G.Vinokur B.t.ga ta’rifni: “Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi”,- deya boshlagan edi. Ma’lumki, badiiy asarlar yozishda qandaydir alohida tildan emas, balki kundalik muloqotdagi kabi milliy til unsurlaridan foydalaniladi. Avvalo, kundalik muloqot tili ham, badiiy til ham informatsiya etkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi. Biroq bu ikkisi etkazayotgan informatsiyaning tabiati turlicha: kundalik muloqot tili oddiy informatsiya etkazsa, badiiy til badiiy informatsiyani etkazadi. B.t etkazayotgan informatsiya – obrazli informatsiya, zero, uning vositasida san’atkor tasavvurida yaralgan obraz moddiylashadi. Badiiy obraz esa voqelikning konkret his etiladigan, o‘quvchi ongida qayta jonlanadigan ijodiy aksidir. Tilning ilmiy, rasmiy va h.k. funksional uslublarida etkazilgan informatsiya tushuncha sifatida, badiiy informatsiya esa konkret obraz tarzida qabul qilinadi; obraz san’atkor qalbida ijodiy qayta ishlangani bois hamisha hissiyotga yo‘g‘rilgandir. SHunga ko‘ra, B.t.ning eng muhim belgilovchi (spetsifik) xususiyatlari obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikdir. Badiiy tafakkur taraqqiyoti davomida B.t. imkoniyatlari kengayib boradi, uning an’analari shakllanib, vorisiylik asosida avloddan-avlodga o‘tadi. B.t.da an’anaviy tarzda qo‘llanuvchi tasvir va ifoda vositalari (q. badiiy tasvir va ifoda vositalari), badiiy obraz yaratishda yarim tayyor mahsulot sifatida xizmat qiluvchi unsurlar (q. motiv, ramz, allegoriya, emblema) majmui shakllanadi; matnlararo aloqadorlik asosida ishoraning o‘zi bilan B.t.ning ifoda imkonlarini kengaytirish mumkin bo‘ladi va b. Buning natijasida B.t. kundalik muloqot tilidan butkul farqli alohida hodisadek, shunday maqomga egadek ko‘rinaveradi. SHunga qaramay, u alohida hodisa emas, balki milliy til bazasida voqe bo‘lib, milliy tildan badiiy informatsiyani shakllantirish va etkazish maqsadida foydalanish shaklidir.


Download 100.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling