Badiiy asar matni ustida ishlash
Download 6.95 Kb.
|
BADIIY ASAR MATNI USTIDA ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Toshkentnoma"
BADIIY ASAR MATNI USTIDA ISHLASH Boshlang'ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qishga o'rgatish vazifasi o'quvchilarda asami tahlil qilish ko'nikm asini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O'qish malakalarini shakllantirish bilan m atn ustida ishlashning o'zaro bog'liqligi asam i tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asami tahlil qilishning asosiy yo'nalishi m atnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g'oyasini aniqlash hisoblanadi. Asami tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog'liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni um umiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida www.ziyouz.com kutubxonasi ishlashning asosiy yo'nalishini belgilaydi, shuningdek, m atnni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar bajaradigan topshiriqlam i va m uhokam a qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida m atn ustida ishlashning quyidagi tu rlaridan foydalaniladi: 1. Tanlab o‘qish. Bunda o'quvchi m atnning berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Vazifa asaming mazm unini oydinlashtirish, sababnatija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o 'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi m um kin. Masalan, 4-sinfda „Oltin kuz“ m atnidan „Tabiatdagi o'zgarishlar berilgan qismlarni topib o'qing", „Baqa va taqa" ertagidagi „Taqachining nasihati berilgan joyni topib o'qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Tanlab o'qish m atn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o'qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlarini o'stirish bilan birga ulaming ijodiy tasaw uri, nutqi va zehnini o'stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o'qish asar mazmuni yuzasidan bo'ladi. Masalan, 4-sinfda „Toshkentnoma"(M .Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o'qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi: — She’rdan o'zbek xalqining m ehm ondo'stligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing. — Yoz faslining zo'rligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing. „D ehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi" (A.Oripov) asari matni yuzasidan „M atndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o'qing" kabi topshiriq berilishi mumkin. Tanlab o'qishning yana ham m urakkabroq turlari m atndan sabab-natija munosabati bilan bog'langan dalillarni taqqoslashni, um um lashtirishni talab qiladigan o'rinlarini topib o'qish hisoblanadi. Masalan, „Xarita" (N. Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin: — Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo'ydi? Shu o'rinni topib o'qing. — Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o'rinni topib o'qing. Bunda o'quvchi biror qatnashuvchi shaxs o'zini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun m atndan material tanlab o'qiydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Tanlab o ‘qish ongli va ifodali 0‘qish m alakasini shakllantirishni m atn ustida ishlash ko'nikm asini shakllantirish bilan birga q o ‘shib olib borishga, bolalam ing ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o'stirishga im kon beradi. Shuning uchun undan o ‘qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o'qish m atn rejasini tuzishda (matn qismiga lining m azm unini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (m atndan qahram onning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g'oyasini aniqlash (g‘oyani anglatgan o'rinni topib o‘qish)da tatbiq etiladi. 2. 0 ‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi. M ashqning bu turi o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi qahram onlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g'oyasi o'rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar m a’lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi Download 6.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling