Badiiy asar pafosi


N.Eshonqul va X.Do’stmuhammad hikoyalarida xarakterlar psixologizmi va ta’sirchanlik


Download 261.5 Kb.
bet3/6
Sana07.10.2023
Hajmi261.5 Kb.
#1694371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY ASAR PAFOSI

2.1 N.Eshonqul va X.Do’stmuhammad hikoyalarida xarakterlar psixologizmi va ta’sirchanlik

Darvoqe “Adabiyot – xarakterlar yaratish san’ati va ayni chog’da ana shu xarakterlar tilini bilish uning sirlarini bizga ochib ko’rsatish, asarlarni biz maroq bilan o’qiydigan yozuvchilarni har biriga beriladigan ta’rifdagi birinchi so’zlar shularku axir!


Shuning uchun ham badiiy adabiyotdagi psixologizmning tahlil tamoyillarini, shakl va vositalarini aniqlash va bu sohada muayyan bir fikrga kelishi dolzarb masaladir. N.Shodiyev yozadi: “Rus mumtoz adabiyotida psixologik tahlilning uchta asosiy prinsipiga ko’ra tashlanadi”. Akademik Xranchenko.M. ushbu prinsiplar tasnifini berib, ular har bir davr adabiyoti uchun umumiy bo’lgan prinsiplar ekanligini ta’kidlaydi. Bular dinamik, tipologik,analitik prinsiplardir. Bu prinsiplar har bir ulug’ san’atkorning ijodiy mohiyati bo’lib, realistic so’z san’atining asosini tashkil etadi. Masalan, A.S.Pushkin qahramonlar psixologiyasini ichki hayotini tasvirlashda dinamik prinsipga amal qilib, qahramonlarning ruhiy qiyofalarini ularning hatti harakatlarini qiliqlari orqali ochib beradi. N.V.Gogol va gogolona yo’nalishdagi adiblar ijodida tipologik prinsip nomayon bo’ladi. Har insonning ichki olami harakterlar ichki hayotining ijtimoiy – maishiy tomonlari bilan bog’liq holda ko’rsatib berdilar. M.Y.Lermontov esa yangi analitik prinsipni rivojlantirdi. Urus va jahon adabiyotida birinchilardan bo’lib, qahramonlar dunyosini ularning hatti – harakatlari, qiliqlari orqali ochish bilan birga, fikrlar va hislar oqimini, dialektikasini ham ochib berdi.
N.Shodiyev maqolasida yana shunday fikrlar bor: “Bu prinsiplar o’z mohiyatini hozir ham yo’qotgani yo’q”. bugungi kun o’zbek hikoyachiligidagi psixologik tahlil jarayoniga bir nazar tashlaylik. Umuman, o’tish, burilishlar davrida odamlarda inkor etish kayfiyati kuchliroq bo’ladi. Bunday paytda ularni uncha – muncha yangilik bilan qanoatlantirib bo’lmaydi. Kishilar faqat favqulodda o’zgarishlarni kutib yashashadi. Oxista sodir bo’layotgan yangiliklar qadriga ko’p yetishmaydi.
Insonning o’zligini anglash yo’lidagi mashaqqatli izlanish, azoblanishlarini ko’rsatish istiqlol tufayli o’zgarayotgan adabiyotimizning hikoyalari uchun ham bosh mavzuga aylangan.
Bugungi hikoyachilikda analitik prinsip – qahramonlar ruhiyatidagi fikr va hislar oqimi tug’yoniga ular o’rtasidagi dialektikaga “qalb dialektikasiga” e’tibor ko’chayan.
Taniqli adib Xurshid Do’stmuhammadning “Bugun ertalab”, “Jajman” hikoyalari psixologizmning yuqridagi talabi asosida yaratilgan. Hikoyalarida adib qahramonlariga yon bosmagani kabi o’zini ham ayamagani, ichki kechinmalarini ochiq – oshkor izhor qilgani aniq bilinib turadi.
O’zgarayotgan adabiyotimiz sahifalarida an’anaviy asarlardan bir qadar bishqacha farqli hikoyalar ham mavjud. Ulardan biz ko’nikkan odatdagi asarlardagi singari singari hayotning jiddiy bir muammosi haqida so’z yuritilmaydi. Qahramonlar orasidagi nizo kelishmovchilik bayon qilinmaydi. Bu hildagi yangicha hikoyalar yozayotganlar orasida Xurshid Do’stmuhammadning izlanishlarida e’tiborni tortadigan chog’ishtirish, qiyoslar mavjud. Ularda hodisalarga kutilmaganda yondashiladi. Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalarida psixologik tahlilning dinamik tipologik prinsiplari tez – tez ko’zga tashlanadi. Uning hikoyalari atrofimizda, o’z ichimizda e’tibor qilinmagan haqiqatlar qat – qat ekani haqida o’yga cho’mdiradi.
Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyalarida ham psixologik tahlilning uchala prinsipini ham kuzatish mumkin. Adib tasdiq va inkor iskanjasidagi odam orazini yangicha shaklda ko’rsatishga intiladi.
Xurshid Do’stmuhammadning butun e’tiborini bosh qahramon his va ehtiroslari tahliliga, lirik tuyg’ular tufayli paydo bo’lishi fikrlar dialektikasiga qaratilgan. “Ibn Mug’anniy” hikoyasini taftish qilamiz.
Hikoya butunlay ramziy obraz, tafsil va shiorlarga asoslanganligi yashirin falsafiy talqinga moyilligi, aniqroq qilib aytganda murakkab badiiy sintez mahsuli bo’lganligi uchun birdaniga aniq tahlil qilish imkonini bermaydi. Ikki karra ikki barobar to’rt qabilidagi hikoyalarga ko’nikib qolgan kitobxonning badiiy estetik tafakkuri asardagi tashqi ramziy shiorlari bilan ichki mazmuniy qatlamning aloqadorligini tezda aniqlab yetishga yo’l bermasligi tabiiy. Shuning uchun bo’lsa kerak ushbu hikoya haqida aniq va lunda fikr yuritilgan tanqidiy maqola tadqiqotlar juda kam.
Hikoya Ibn Mug’anniyning qor bosgan hovlida mashaqqat chekib hovli adog’idagi bolaxonali uy tomon borishga intilishi tasviri bilan boshlanadi. Shu mashaqqatli harakat asosida yotgan sirli va mavhum sababni o’quvchiga yetkazish maqsadida adib uzundan – uzoq jumla tuzadi. Mana shundan keyingina u o’z qahramonining behad qor uyumlari ichiga kirib qolganligini badiiy jihatdan asoslashga harakat qiladi. Ma’lum bo’lishicha Ibn Mug’anniy bolaligidan qorni sevar edi. Qor yog’ishi bilan u tashqaridan kelmas edi. Yillar o’tishi bilan Ibn Mug’anniy ulg’aygan bola – chaqasi bilan umrguzaronlik qiladigan hovlining fayzi ketdi. Hikoyada mana shundan keyin ilgari adabiyotda oqlik ezgulik ramzi sifatida talqin qilinib kelingan qor ramziy obrazi butunlay boshqa bir majoziy ma’noda yovuzlik va daxshat ma’nosida badiiy talqin qilina boshlaydi. Chunki qish kuz va bahor mavsunlarining mazmun mohiyai yuqolib, bu hovlida tinimsiz qor yog’ishi odatiy holga aylanadi. Muhimi shundaki, shamol boshqa joylardagi qorlarni ham uchirib kelib, Ibn Mug’aniyning bog’ – hovlisiga sochadi. Shuning uchun Ibn Mug’aniy barcha oila a’zolari bilan qor bosgan uyda bandi bo’lib qoladi.
Oila a’zolari uchun na kunni na tunni farqi bo’lib qoladi. Kattalaru bolalar malixushyo kunlarni boshdan kechirayotgan edilar. Ularning uxlayotganini ham uyg’oqligini ham farqlab bo’lmas hammalari shivirlab hatto imo ishoralar bilan gaplashadigan bo’lib qolayotgan, bundan xovotirga tushayotgan Ibn Mug’aniy ramz solib ko’rsaki bu ham holva – uyiga gurung, javob muomala qahatga uchrayotganini payqadi.

Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling