Badiiy asar pafosi


X.Do’stmuhammad hioyalarida qahramon masalasi va estetik ideal muammosi


Download 261.5 Kb.
bet5/6
Sana07.10.2023
Hajmi261.5 Kb.
#1694371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY ASAR PAFOSI

2.2 X.Do’stmuhammad hioyalarida qahramon masalasi va estetik ideal muammosi.
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, bugungi hikoyachiligimizdagi qahramon masalasi bu – olamni va odamni yangicha idrok etib, o’z dunyosini bunyod etayotgan inson konsepsiyasidekdir. Zero, “Badiiy adabiyotning yangi xususiyatlari, o’ziga xosligi birinchi novbatda inson konseptsiyasida o’z ifodasini topadi. Chunki inson konseptsiyasida davr va jamiyatning butun borlig’I – rivoji, zamon talabi asosida tug’ilgan ziddiyatlar, muammolar, negative holatlar o’z ifodasini topadi”. Qolaversa, “Adabiyotning insonparvarlik mazmuni va yo’nalishi, avvalo insonni badiiy aks etuvchi falsafiy – estetik printsiplarda, shaxsning o’tmishi, bugungi a kelajak hayotiga nisbatan nuqtai nazarida, maqsad va intilishlarining ruhiy – inteliktual mundarijasida, jamiyatda tutgan o’rnida, odamlar bilan muloqot – munosabatlarida o’z tajassumini topadi. Ana shu omillarning barchasi hozirgi adabiy hayot markazida turgan “inson konseptsiyasi” tushunchasining ustivor mazmunini tashkil etadi”.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi hikoyachiligimizdagi muhim fazilatlardan biri adiblarimizning shirin yolg’ondan uzoqlashib, hayotning konkret va real muammolari xususida mulohazakorlikka berilganida ko’zga tashlanadi. Negaki, adabiyotimiz uzoq yillar umumxalq baxt – saodat xaqidagi va’dalar girdobida aldanib yashadi. Bugun esa u o’z rivoji uchun yangi – yangi manbalar izlayapti, topayapti. Bu o’zligini tanib, bilib borayotgan, erkin va sog’lom fikrlovchi, siyosatlashmagan individual qahramonlar obrazlarini yaratishga intilishdir. Shuning uchun ham keyingi paytda voqea – hodisalarning “qon bosimini”, kayfiyat va nafas olishini, yurak urishlarini odamlarning tafakkur madaniyati bilan bog’liq ravishda aks ettirish realistic ifoda psixologizmining kuchayishini ta’minlaydi”.
Shu ma’noda hikoyachiligimizning hozirgi shakllanish yusinlari mahzun uychanlikka, mulohazakorlikka yo’g’rilib obrmoqda. Buni natijasi o’laroq shaxs psixologiyasini jamiyat, tabiat voqea – hodisalari bilan omuxta badiiy – falsafiy tadqiq etish tamoyili kuchayib bormoqda. Hikoyalar qahramonlarining esa ko’ngil deb atalgan buyuk mamlakat sirlarini o’qishda, ma’nolarini anglashda hissiy intellektualligining mavqei ortib bormoqda.
X.Do’stmuhammad, N.Eshonqul kabi ijodkorlarning hikoyalari tajribasida kuzatadigan bo’lsak, keyingi yillar hikoyachiligida olam va odam sir – sinoatlarini falsafiy idrok etishga qaratilgan inson tafakkuri bosh qahramonga aylanib borayotir. Ularda voqealar, syujet oqimlari qanchalik qiziqarli va etiborli bo’lsa-da, tabiat va jamiyat hodisalarini, odamlar fe’li- faoliyatini baholashga umumlashma xulosalar chiqarishda o’quvchiga ham fikrlshga keng imkoniyatlar qoldirilmoqda. Bu esa keng kitobxon ommasining tafakkur madaniyatini yuksaltirishda g’oyat muhim omildir.
Zero, “Shaxs taqdirini ijtimoiy – falsafiy yo’nalishda badiiy tadqiq etish hikoyachilikdagi epik idrok va ifoda madaniyatining bir ko’rinishi bo’lib, unda hayotning rang – barang qirralarini to’laqonli ifodalashda mazmundorlik birinchi planga chiqadi. Negaki, shaxs taqdiri va jamiyat psixologiyasi mazmun teranligining asosidir”. Ushbu xususiyatga akademik M.B.Xrapchenko ham alohida urg’u berib, san’atkorning ijodiy tafakkur madaniyati bilan voqelikning rivojlanish xususiyatlari uyg’unligiga diqqat qaratib, shunday yozadi: “Realistik adibning ijodiy fantaziyasi ijtimoiy voqelikning taraqiiyot jarayonlarini qanchalik holis va chuqur aks ettirishga erishgan taqdirdagina o’zining amaliy, faol vazifasini ado etgan bo’ladi”.
Ma’lumki, har qanday badiiy asar ham aniq bir hayot haqiqatini ro’yobga chiqarsih uchun xizmat qiladi. Bunda yozuvchining itedodi, mahorati va matonati muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Istedod – murakkab ijtimoiy muhit. Istedod – yozuvchining ijodiy kuchlari kompleksi va uning ijod qilish ishtiyoqi, shunga layoqati, qobiliyati”. Shuning uchun ham istedodi yuksak adiblar asarlarida o’z davrining ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etib turadi. Bu narsa esa, asar qahramonlarining harakter xususiaytlari orqali ifodalanadi. Illo, “Xarakter va uning psixologik tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir”. Istedodli adibimiz T.Murod ijodi, xususan, hikoyalarida ham ruhiy tahlil va falsafiy ma’nodorlik ancha kuchli. “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi” kitobiga kiritilgan hikoyalarida o’tgan asrning 70 – yillar voqealigiga munosabat bildiriladi. Hikoyalarning hayotiyligi, realligi ularning g’oyaviy – estetik yuksakligi bilan birga konfliktlarning ishonarli ekanligini ham ta’minlaydi. Eng muhimi bu hikoyalarda T.Murod o’sha davr hodisalariga tanqidiy yondashib, inson va uning taqdiri, buguni hamda kelajagi haqidagi muammolarini ko’tarib chiqadi. Qahramonlar talqinida o’sha davr qiyofasini va uning fojeiy holatlarini aks ettiradi. Bularning bari nozik psixologizm orqali ifodalanadi.
Bugungi hikoyachiligimizda badiiy psixologizm tuyg’ular realizmi tahlili nuqtai nazaridan qaraydigan va o’rganadigan bo’lsak, unda avvalgi o’n yillikdan farqli o’laroq hayotni, insonni tuyg’ular tarhi, kechinmalar tarixi ko’zgusi orqali badiiy tadqiq etish madaniayti shakllanganligini kuzatish mumkin. Avvalgi o’n yillikda sotsiologik tahlil yetakchilik qilgan bo’lsa, bugunga kelib hayotni va insonni falsafiy – psixologik tushunish hamda tushuntirish ustivor tamoyil bo’lib qoladi. Zero, “Haqiqiy san’atkor qay davrda yashashidan qat’I nazar, hayotning taraqqiyot tendentsiyalarini shunga qarab belgilashi uning birinchi darajali ijodiy yutuqlaridan hisoblanadi”. Nazar Eshonqul ijodiy izlanishlari misolida uning amaliy tasdig’ini ko’rishimiz mumkin.
“Hayol tuzog’i” hikoyasida ushbu yo’nalish falsafiy psixologizmning o’zgacha ko’rinishini kuzatamiz. Hikoyada axloqiy pokdomonlik boqiy ma’naviy qadriyat adolatning asosiy mezonlaridan biri sifatida talqin etiladi. Asar ijodkor shaxs fojiasini, savdoyilikka mubtalo bo’lgan inson qismatining o’kinch va dahshatini, istedodli a’zosini himoya etolmagan va, aksincha, odamni jinni bo’lishga majbur etgan muhitni kasallik ildizlarini ochib ko’rsatishga yo’naltirilgan.
X.Do’stmuhammadning “Bugun ertalab” hioyasida esa psixologik tahlil, tuyg’ular realizmi o’zgachs ko’rinishga ega. Qahramon hamma hikoyalaridagidek ism – sharifli emas. U she’rlardagi lirik qahramonga o’xshab ketadi, ya’ni dilidagini zohir etayotgan shaxs. Adibning lirik qahramoni o’z ko’nglini taftish etish, tuyg’ular holatini tushuntirish, mazkur kechinmalar tabiatini voqelik, hayot realliklari bilan uyg’unlikda kuzatayotgan, o’z kechmishidan falsafiy ma’nolar o’qiyotgan hamda o’qishga moyil intellectual shaxs. “Kallani ishlatish kerak”. Ana hut a’kid, o’qdirish, da’vat qahramonni o’ziga, o’zligicha, kechmishiga, buguni va ertasiga nazar tashlashga, o’tayotgan kunlarida ma’no topishga undaydi. Vaholangki, insonning o’tgan besamar damlari, xatolari uchun yozg’irish yoki samarali kunlari uchun olqishlash ham mumkin. Lekin eng muhimi bu emas, insonni tushunish – tiriklikning bosh mezoni.
Tuyg’ular fikrini o’qish, kechinmalarni ma’nosini o’qish, anglash sari tutingan tuyg’ular realizmi X.Do’stmuhammad hikoyasida badiiy psixologizmning o’ziga xos tabiatini belgilab beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, odamni va olamni faqat aql bilan bilishning o’zi kamlik qiladi, uni dil – dildanhis etishni ham bilish kerak. Qahramonning na shu taxlidagi holatlari yozuvchini ko’proq qiziqtiradi.
So’ngi yillarda adabiyotimizga kirib kelgan T.Mahmudov hikoyalarida ham inson shaxsining fe’l – atvoridagi noqisliklar bilan kurashi kabi muammolar hayotning turli jabhalari misolida qisman bo’lsa ham, o’z aksini topmoqda. Lekin bu masalalarni ifodalashda badiiy mahorat hali yetarli darajada shakllanmagani aniq sezilib turadi. Xususan, T.Mahmudov hikoyalari shunchaki voqealardan, voqealari esa so’zlar tizmasidan iborat bo’lib qolgandek tuyuladi. Yana bir jihati, adib hayotdagi inson bilan adabiyotdagi insonni birdek talqin qiladi va bu narsa asar mazmuniga putur yetkazadi.
“Adabiyotning bosh vazifasi bu – insonni himoya qilish, insonni ulug’lash. Undagi g’ayriinsoniy illatlar va odamiylik fazilatlarini kashf etish. Insonning ko’nglidagi rahmon bilan fe’lidagi shaytonning sir – sinoatlarini, qilmish – qidirmishlarini ochib berish” ekan. Ko’rinadiki, 90 – yillardan etiboran, yozuvchilarimizning badiiy – estetik izlanishlarida falsafiy – psixologizm chuqurlashdi.
Demak, inson va jamiyat fenomenlarining falsafiy – psixologik tahlilidagi nuqtai nazarlar yangiligi, badiiy tahlil madaniyati mustaqillik davri o’zbek hikoyachiligining avvalgi bosqichlaridan farqli jihatlarini oydinlashtirib, yetakchi tamoyillarini ko’rsatadi. X.do’stmuhammad, N.Eshonqul hikoyalarida kuzatilayotganidek insonning ichki kechinmalari adiblarni ko’proq o’ylantiradi. Shuning uchun ham ularning hikoyalarida hissiy tafakkur yetakchi planga chiqadi. Har ikki adib ham qalb haqiqatini inkishof etish orqali hayot haqiqatini izlaydi. Ko’rinadiki, mustaqillik davri hikoyachiligimizda qahramon harakterini yaratishda ma’naviy – axloqiy qadriyatlarga ahamiyat berish shu davr hikoyalarining badiiylik darajasini yuksalishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy – axloqiy nuqtai nazar azal – azaldan san’at va adabiyotning badiiyligini ta’minlovchi omil bo’lib kelgan. Chunki ayni shu omil har qanday voqea – hodisani falsafiy kenglikda talqin qilishga yo’l ochadi, asarning muayyan davrga xos muammolarini birinchi planga olib chiqishga imkon beradi.
X.Do’stmuhammedovning “Mahzuna”1 hikoyasi sho’roviy axloq va sharq ayoli o’rtasidagi zidlikni qiyos etuvchi badiiy – psizologik talqini bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Hikoya milliy harakter ichki kolliziyalar tasviri orqali maydonga chiqadi.
Hikoyaning boshlanishida telefon jiringlaydi. Asar qahramoni Mahzunaning allanimadan xovotirlanayotgani, vahimaga tushayotgani seziladi. Keyin bu pokiza ayol iztiroblarining sabablari ochila boradi.
Mahzuna turmush o’rtog’I Maqsad bilan ziyofatga boradi. O’z axloqiga dunyo qarashiga yot bir muhit bilan duch keladi. Ziyofat ishtirokchilari orasida o’zini tomomila begona sezadi. Bemalol qadah ko’tarayotgan, erkaklar bilan tengma – teng askiya aytayotgan ayollarni ko’rib hayo olovida lov – lov yonadi. Bunday davralarda o’tiraverib, eti o’lib ketgan “Maqsadjon akasi ikki – uch, “Oling, yeb o’tiring” deb uni dasturxonga undadi. Mahzuna battar tortinib – qimtinib “sekinroq gapiring” degandek eriga yer ostidan xumraydi”, deb tasvirlaydi muallif bu holatni.


Xulosa
Pafos – adabiyotshunoslikka notiqlik san’atidan o’tgan atama bo’lib, ijodkorning butun asarga singib ketgan ehtirosi boshqacha aytganda, badiiy asarga jon boxsh etgan emotsional asos. Pafosda ijodkor fikri va hissiyoti shunday yaxlit ko’rinish oladiki mana shu birlikni tushunish va his qilish asarning yetakchi g’oyasini belgilovchi muhim kaliti hisoblanadi. Bundan tashqari pafos tushunchasi ijodkorning yoritilayotgan mavzuni chuqur his qilishi va bu hissiyotning badiiy asarda zuhurlanishi namoyyon bo’lishidir. Pafos asarga ruh bag’ishlaydigan ijodkorning konseptsiyasini (yo’nalishini) belgilaydigan omildir.
Shu nuqtai nazardan o’zbek hikoyachiligida deyarli o’rganilmagan pafos, estetik ideal, ijodkor konseptsiyasi masalalarini hikoyanavislar Nazar Eshonqul va Xurshid Do’stmuhammad hikoyalari misolida tadqiq etib quyidagi umumiy xulosalarga keldik:
Xullas o’zbek hikoyachiligida pafos va ijodkor konseptsiaysi yo’nalishi muammosi munozarali masalalardan. Chunki bugungi o’zbek adabiyotida milliy qadriyatlarni qayta tiklash adabiyotning estetik asoslarini mumtoz adabiy merosimiz bilan chambarchas aloqada ko’rish bu davr adabiyotining xarakterli xususiyatiga aylandi. Shu bilan birga rivojlanagan jahon xalqlari ma’daniyatini ijodiy o’rganish uchun sharoit yetildi. Natijada milliy adabiyotimiz adabiy meros va jahon adabiyotining yuksak na’munalardagi xususiyatlarni mushtarak etgan o’ziga xos adabiyotga aylandi.
Mustaqillik davri adabiyotining o’ziga xos tizimga ega bo’lishida bu davr hikoyachiligining ham katta ahamiyati bor. Bizga ma’lumki davr eng dolzarb muammolarini bevosita badiiy talqin etishda hikoya janri peshqadam bo’lib kelgan. Hajmning ixchamligi va boshqa ko’plab janr qulayliklari bunga to’la imkoniyat yaratib bergan. Shunday qilib, epik turning bu kichik janri bugungi o’zbek adabiyotiga xos barcha obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o’zida mujassam etadi.

Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling