Badiiy asar tahlili
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
badiiy asar tahlili
manzaralariga ham murojaat qilgan. Keyinchalik insonga yuz burgan. Har xil
kishilar rasmini(portretini) ishlashga qiziqqan. Bular orasida bir necha o‗z qiyofasi tasviri (avtoportret) ham uchraydi. Dunyomi, o‗zi ustidanmi kulib turgan tasvir unga ancha shuhrat keltirgan‖. 25
Halqa eshikni ochishga ko‗maklashuvchi vosita, shuningdek, taraddud va ijozat ma‘nosini ham beradi. Ijod yo‗li boshida turgan ijodkorning ruhiy holatiga monand tasvir. Keyin tabiat, borliq, olamni hayrat nigohi ila kashf etish. Undan so‗ng insonni anglashga intilish bu – o‗zlikni anglash sari tashlagan munosib qadam. O‗zlikni anglashga yetishgan inson uchun esa ―dunyomi, o‗zi ustidan kulib turib‖ bildirilgan munosabat tanish tasvir. Bunday holat Navoiy asarlarida ko‗p bor uchraydi. ―Alisherning ―loy‖i osoyishta ko‗rkam yashab ketadigan ―tuproq‖dan olinmagan. Uning manglayiga DAHO bo‗lishi uchun avvaldan fojia muhri bosilgan!‖ Abulxayr asar davomida ana shu daholik sifatlarini anglashga, Navoiyning butun hayoti va ijodida unga xos tashqi osoyishtalik va ichki ziddiyat sabablarini, fojea muhrining ildizlarini izlashga urinadi. Dilogiyaning ―Buyuk farrosh‖ qismi yana bir o‗zgacha usulda yozilgan. Unda o‗rni bilan rassom Abulxayrning Shaxriyaga maktub sifatidagi murojaatiga o‗rin beriladi. Esdalik tariqasida bitilgan izhorlarda rassom va Navoiyning tuyg‗ulari qorishib ketgandek. Abulxayr o‗z hayot yo‗lini, olam anglamini shu asosda tahlil qiladi. Dilogiyaning 1- kitobi Navoiyni anglash sari tashlangan qadam, 2-kitob Navoiyni anglash, uning nigohida olamni idrok etish bosqichi, inson qalbi, ruhiy dunyosidagi evrilish hosiladir. Asarda Navoiy ―Xalq g‗amidin g‗ami‖ yo‗q Hizr, bir umrlik sodiq do‗st, BUYUK MUHABBAT egasi, so‗zga e‘tiqod qo‗ygan buyuk iste‘dod sohibi,
25 Мухтор Омон. Навоий ва рассом Абулхайр. Т., Шарқ, 2006. Б.6. 53
hayotini komillik asosida o‗tkazgan avliyo, tabiatini hatto o‗zi ham anglashga qiynalgan, o‗zlikni anglashga umidvor kashshof, nafaqat o‗z davrining, balki bugunning ham tinchlik elchisi, birdamlik sari chorlovchisi, olamni anglashga intilgan mutafakkir sifatida kashf etiladi. ―Navoiyning hayotidagi butun ZIDDIYATlar- Buyuk BIR MAQSADGA INTILISHDIR‖. Bu yo‗lda ―uning ruhi– Qaqnus. Jismi –Zanjirband Sher‖ edi. Jismi fidoiylik tufrog‗idan yaralgan Alloma asrlar osha jasorat timsoli sifatida insoniyatga hayot va o‗zlikni anglashdan saboq berib kelmoqdaki, yozuvchi ayni sifatlarni mohirlik bilan ifodalay olgan. Asar Omon Muxtorning Abulxayr misolida Navoiy va uning olamini anglash yo`lidagi o`zgacha va muvaffaqiyatli qadamidir.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling