KIRISH
Inson ma‘naviy kamolotida badiiy adabiyotning roli katta. U boshqa ijtimoiy
ong shakllari – fan, din, huquq, siyosat kabilardan inson tafakkuri,
dunyoqarashini obrazlilik, estetik ta‘sir vositasida o‗zgartirish orqali jamiyat va
tamaddunga ta‘sir etishi bilan xarakterlidir. Ayni shu xususiyatlariga va badiiy
adabiyotning insonga beradigan estetik-didaktik ta‘sir ko‗lamiga ko‗ra xalq
yozuvchisi O‗tkir Hoshimov ―Adabiyot – sakkizinchi mo‗jiza‖, deya e‘tirof etadi.
Uning mo‗jizaviy qudratini yillar, asrlar silsilasida bardavom yashab kelayotgan
durdona asarlar misolida ko‗rish mumkin.
―Insonga xos orzu-intilishlarni ro‗yobga chiqarish, uning ongli hayot
kechirishi uchun zarur bo‗lgan moddiy va ma‘naviy olamni bamisoli parvoz
qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak‖
1
, ma‘naviy qanotning quvvatini,
parvozini kitob mutolaasi belgilashi tabiiy.
Badiiy asar qimmatida asarning poetik xususiyatlarini teran anglay bilish
juda muhim. O‗zbek tili yo‗nalishi talabalariga o`quv rejada ko`zda tutilgan
―Badiiy tahlil asoslari‖ fani saboqlarida ana shu maqsad nazarda tutiladi. Ushbu
uslubiy ko‗rsatma talabalarning mazkur fandan olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlash va boyitish, ularda badiiy tahlil ko‗nikmalarini shakllantirish
maqsadida yaratilgan. O‗zbek va jahon adabiyoti namunalarini tahlil va talqinlari
asosida yaratilgan mazkur uslubiy ko‗rsatmadan filologiya yo‗nalishlarida,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiyot darslarining asar tahliliga
bag‗ishlangan qismlarida, fan to‗garaklarining mavzuga oid qismlarini
tashkillashda, umuman, kitobxonlar o‗rtasida mutolaa madaniyatni yuksaltirishga
qaratilgan tadbirlarda keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |