Badiiy asarda professionalizmlarning uslubiy-pragmatik tahlili


Download 31.9 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1185612
  1   2
Bog'liq
BADIIY ASARDA PROFESSIONALIZMLARNING USLUBIY


BADIIY ASARDA PROFESSIONALIZMLARNING USLUBIY-PRAGMATIK TAHLILI
Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizi
FarDU II kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tilshunoslikda professionalizmlarning o’rni, ilmiy ta’rifi va asoslari, professionalizmlarning badiiy asardagi uslubiy-pragmatik tahlili yoritilgan.
Kalit so’zlar: professionalizmlar, ijtimoiy lahjalar, terminologiya, pragmatika, termin.
KIRISH
Ayni paytda dunyo tilshunosligi diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga terminologiya ham yuqori pog’onalarda turibdi. Aynan terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual yo’nalishlaridan biridir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili qurilishida terminologiya alohida o‘rin va mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Terminologiyaning til lug‘at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g‘oyaga ko‘ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so‘z boyligi tarkibidan ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva, jargon, jonli so‘zlashuv)ga tenglashtiriladi. [7]
Fan tili millatning umumadabiy tili asosida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bois fan, ilm tili poydevorini umumadabiy tilning leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasi tashkil qiladi.
Tildagi so’zlarning qo’llanilish darajasi shu til egalari doirasida bir xil emas. Ba’zi so’zlar ular tomonidan bir xil foydalanilsa, ba’zilari esa ma’lum joyda yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug’ullanuvchi kishilar nutqidagina qo’llaniladi. Shu juhatdan o’zbek tili leksikasi ikki katta guruhga bo’linadi: 1) iste’mol doirasi chegaralangan leksika; 2) iste’moldagi leksika. [1,127-b]. Iste’mol doirasi chegaralangan leksika xarakteriga ko’ra uch turga bo’linadi: 1) dialektal leksika; 2) terminologik leksika; 3) jargon va argolar.
Terminologik leksika – o‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo‘llaniladigan so‘z va so‘z birikmalarini qamrab oladi. Umumadabiy til doirasiga o‘tgan termin o‘z terminologiyasi, terminologik maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi. Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlarning paydo bo‘lishi, ularning hayotga tatbiq qilinishidagi to‘siqlar, yasalish prinsplari va usullari xususida turfa g‘oyalar, nuqtai nazarlar ko‘zga tashlanadi.

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling