Badiiy asarlar qisqa savol-javoblarda
Rustamjon O‘rinov
Ma’lumotlar Mavlon Burxanovning @Uztilim kanali asosida tayyorlandi.
Telegram manzilimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1
“Dunyoning ishlari”
1.
"Tolda chumchuq sayraydi,
Koʻrsam koʻnglim yayraydi"
Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?
Ermon buvaning tilagi
2.
"Ichida gap yotmaydi. Uyiga qaysi sholchaga xokandozdan choʻgʻ tushib, qancha joyi kuyganini birpasda
mahallaga yoyib chiqadigan obraz" Kimning xotini?
Moʻmin-ketmonchi
3.
"Qalbimning zulmat bosgan qaysidir burchagida ojiz , ammo ishonchli bir nur yilt etdi."Onang-chi , onang
hech qachon xiyonat qildimi senga!" Ushbu parcha qaysi voqeaning hikoyasidan olingan?
Xiyonat
4.
"Dunyoning ishlari" qissasidagi "hech kimni sen demaydi, hammani sizlab gapiradi" gan obrazni aniqlang.
Ermon buva
5.
"Voy onam-a! Roʻshnolik ko'rmagan onam-a! Yolgʻizini koʻrolmay ketgan onajonim"
Ushbu parcha qaysi voqeaning hikoyasidan olingan?
Ermon buvaning tilagi.
6.
Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga,
Umr bersin bizga.
Ushbu sheʼr qaysi hikoyadan olingan?
Oq, oydin kechalar
7.
"Mening goʻdak shuurimga esa pora-dunyodagi eng xarom narsa, degan tushuncha mixlanib qoldi. " Ushbu
parcha qaysi voqea hikoyasidan olingan?
Imon
8.
Ermon buvaning yakka-yu yagona oʻgʻlining ismini aniqlang.
Oltmishvoy
9.
"Dunyoning ishlari"qissasida oʻris bolaning oyisi kim?
Zebi xola
10.
"Doim yaltiroq tugmachali jigarrang kitel kiyib yuradi. Gapirganda duduqlanib qoladi. Chap qoʻli tayoqday
osilib qoladi" Taʼrif kimga tegishli?
Xoʻja
Do'stlaringiz bilan baham: |