100.
Baddiuzzamonning eshik og'asi kim edi?
Zunnun Arg'un
101.
Bobur bilan barcha janglarda qatnashgan, keyin esa Boburning roziligi bilan Hisorga ketgan, keyinchalik
Boburning xizmatiga qaytgan sarkarda kim edi?
Qosimbek
“Shum bola”
102.
Asardagi samovarchi yigit kim edi?
Asra Kal
103.
Jinnilarning ichida o'ziga xos tantiqlaridan biri kim?
Mayramxon ya'ni Mamatraim
104.
Qaysi qahramon Marg'ilondan olib kelgan xotiniga o'zining katta xotinini singlim deb tanishtiradi?
Rahmat hoji
105.
Shum bola kimga atab qorxat yozadi?
Hoji boboga
106.
Shum bolaning takyaxonadagan qochishini kim aytadi?
Usta Mirsalim
107.
"Shum bola" qissasida kim Nikolay II ni Xudo taoloning yerdagi ko'lankasidur deb ta'riflagan edi ?
Ko'sa maddoh
108.
Eshon boboning tutqanoqda hovuzga cho'kib o'lgan o'g'li kim edi ?
Miyonqudrat
109.
O'zim madrasada o'qir edim, hozir ta'til vaqti bo'lgani uchun bir oz pul topish maqsadida mardikor ishlash
uchun safarni ixtiyor qilgan edim. "Shum bola" asaridan olingan ushbu gaplarni Shum bola kimdan
o'rgangan edi ?
Omon
110.
"Qissas ul-anbiyo", "Huriliqo" degan kitoblar qaysi asarda uchraydi ?
"Shum bola"
111.
"Shum bola" asarida Qoravoyning Pochchasi qanday kasb bilan shug'ullanar edi ?
Mo'ynado'z -- kosib.
“Kecha va kunduz”
112.
"Kichkina mitti,xon xo'jani yiqitdi"-degan oʻzbek maqoli qaysi asarda uchraydi?
"Kecha va kunduz"
113.
"Chorasiz dard yoʻq", "Ishqdan boshqa hamma dardning chorasi bor"kabi ibratomoz fikrlar qaysi asarda
uchraydi?
"Kecha va kunduz"
114.
"Ertaning g'amini eshak yeydi'' ushbu parcha qaysi asardan olingan?
"Kecha va kunduz"
Do'stlaringiz bilan baham: |