Badiiy asarlarni mustaqil ravishda o'rganish
Download 59.26 Kb.
|
BADIIY ASARLARNI MUSTAQIL RAVISHDA O\'RGANISH
odam tili bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi;
o'tga urmoqchi — bolani urmoqchi. Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so'zlari o'z ma'nosida, qaysi birikmada ko'chma ma'noda qo'llanganligi aniqlanadi. O'xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo'yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi: — Gapni o'qing. Alanga nimaga o'xshatilyapti? ... yong'in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi. — Parchani o'qing. Suv alangaga qanday ta'sir qildi? Nima uchun? ...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta'sir qilayotgandek edi. — Quyidagiparchada Ibn Sinoning holati nimaga o'xshatilyapti? …Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko'rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni q|o`ltiqlagan holda uyiga jo'nadi... So'ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar bajariladi: - Berilgan gaplarni o 'qing, tagiga chizilgan iboralarning ma 'nosiga diqqat qiling. Ularni bir so'z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma'nosini boshqa so'z bilan ifodalash mumkinmi? Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi. Kechasi uyqusi kelib, ko'ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko'zi og'riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda. Ba'zilar mehnati bekorga ketayotganini ko'rib, qo 'llariniqo 'Itiqqa urdilar — ishonchini yo'qotdilar. ... ko'pchilikning hafsalasi pir bo'ldi — ... ishini to'xtatdi. ... kiyimi bilan o'zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi. Oxiri baxayr bo'lsin — yaxshilik bilan tugasin. 7. ...nima to'g'risida bosh qotirayotganini bilib turibman — o'ylayotganini; 8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog'imga bolta uradi- lar — yo'q qiladilar va shu kabilar. Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o'rganish, obrazlar vositasida o'rganish, mavzuli-muammoli o'rganish aiohida ajratib ko'rsatiladi Download 59.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling