Badiiy asarni sahnalashtirish turlari va uni qo’yib ko’rsatish metodlari


Katta va maktabga tayyorlov guruhida


Download 99.46 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi99.46 Kb.
#1414477
1   2   3   4
Bog'liq
9mavzu

Katta va maktabga tayyorlov guruhida:

  • Katta va maktabga tayyorlov guruhida:
  • 1. Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada kuchaytirish, asardagi go'zallikni, nafosatni his etish kabi ko'¬nikmalarni mustahkamlash.
  • 2. Ularning badiiy asarlardagi qahramonlar xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini to'g'ri baholash, aks ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatlarini o'stira borish lozim.
  • 3. Bolalarning milliy, badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlari, ba'zi janrlari, asarning tili haqidagi boshlang'ich tasawurlarini shakllantirish.
  • 4. Bolalarni asar g'oyasini tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, she'riy nutqdagi musiqiylik, ohangdorlik va ritmni payqay olishga o'rgatish.
  • 5. Bolalarning o'zbek xalq og'zaki ijodiyoti, sharq allomalari, yozuvchilari, shoirlari haqidagi tushunchalarini boyitish. Ertak va hikoyalarni o'qib berganda va bolalar tomonidan badiiy asarlarni qayta hikoya qilish jarayonida badiiy asarlarda aks etgan voqea va obrazlarga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlab, to’g’ri yo’l ko’rsatib borish.
  • 6. Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holatlarini imo-ishora, yuz ifodasi, harakatlar orqali bayon qilishga o'rgatiladi.

Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  • Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalaming mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatini boshqara olish, boshqalaming harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi.
  • Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.

Download 99.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling