O'zbekiston mening Vatanim
Download 270.5 Kb.
|
3 sinf tasviriy sanat konspekt
1-dars. Sana:____________________ Mavzu: "O'zbekiston - mening Vatanim" mavzusida rasm ishlash Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; Ularning badIIy-ijodIIy qobiliyatlari, badIIy-estetik didlarini o'stirish; Tasviriy malakalarini rivojlantirish; Kuzatuvchanlik va ko'z xotirasini takomillashtirish; BadIIy fikr doirasini kengaytirish. Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Rangtasvir kompozitsiyasi. Darsning jihozlanishi: rasm daftar, oddiy qora qalam va bo'yoqlar, o'chirg'ich, "Mustaqillik maydoni" mavzusiga doir fotosuratlar, san'at asarlarining reproduksiyalari, slaydlar, rasmlar. Dars tafsilotlari: I.Darsga tayyorgarlik: Dars uchun yetarli miqdorda zarur ashyolar hozirlanadi. Ko'rgazmali qurollar, O'zbekiston xaritasi qulay joyga osiladi. Doskaga mavzu va tegishli ma'lumotlar yozib qo'yiladi. II.Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi o'quvchilarga Vatanimiz -O'zbekiston Respublikasi ekanligi, Vatanimiz 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishganini va 1-sentabr - Mustaqillik kuni, deb e'lon qilinganligini eslatib o'tadi. O'zbekiston Respublikasi poytaxti -Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida qad rostlagan "Mustaqillik" yodgorligi uni tashkil etuvchi haykallarqanday ma'noni anglatishi haqida quyidagi savollar va darslikda tasvirlangan fotosuratlar asosida suhbat uyushtiriladi: 1.Darslikdagi fotosuratda tasviriy san'atga doir nimalarni ko'rayapsiz? •Rasmdagi haykalda nimalar tasviri ishlangan. 2.Ularning qanday ramziy ma'nosi borligi haqida gapirib bering. O'zbekiston ramzlaridan gerb ham bu yodgorlikdan o'rin olgan. Ertangi kunidan xotirjam onalaming Vatan kelajagi bo'lmish farzandlar tarbiyasi bilan mashg'ul ekanliklari tasvirlangan. III.Asosiy qism: a.O'qituvchi bolalarga Mustaqillik yodgorligining tuzilishi, undagi shakllar, kompozitsiya elementlari yuzasidan ma'lumot beradi. Rasmda tasvirlangan yurtimiz tabiati haqida suhbat tashkil qilinadi. b.Amaliy mashg’ulot: "O'zbekiston - mening Vatanim" mavzusida rasm ishlash. Rasmni ishlashda o'quvchilar yaqinda bo'lib o'tgan Mustaqillik bayrami taassurotlaridan foydalanishlari tavsiya etiladi. Shu maqsadda o'quvchilarning bir nechtasidan bayram taassurotlari haqida so'zlab berishi so'raladi.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdagi "Mustaqillik bayramida" rasmi va quyidagi savollardan foydalanish mumkin: 1.Bu rasmda qaysi bayram tasvirlangan? •Rasmda 1 sentabr- Mustaqillik bayrami tasvirlangan. 2.Bayram, shodlik ko'rinishlari qanday ranglarda tasvirlanadi? •Bayram va shodlik ko'rinishlari ranglari - iliq ranglarda ifodalanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. V.Uyga vazifa: "O'zbekiston - mening vatanim" mavzusidagi rasmni nihoyasiga yetkazish. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 2-dars. Sana:____________________ Mavzu: "Yoz - o'tdi soz!" mavzusida rasm ishlash Darsning maqsad va vazifalari: Rasm ishlash malakalari va ko'nikmalarini takomillashtirish; BadIIy-ijodiy faollik va qobiliyatni o'stirish; Kuzatuvchanlik va ko'z xotirasini mustahkamlash; Tasviriy san'at asarlarini o'qishga o'rgatish; Bilish faolligini oshirish; BadIIy-estetik did va emotsionai sezgirlikni rivojlantirish. Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi. Darsning jihozlanishi: "Yoz" manzaralari aks ettirilgan rassomlar asarlari reproduktsiyalari, slaydlar. Dars tafsilotlari: I.Darsga tayyorgarlik: O'tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan topshiriqlami tekshirish va ba'zi ishlarni baholash. II.Dars mavzusiga kirish: Yoz fasli va yozgi ta'til, uning o'ziga xos jihatlari haqida darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar yoz haqidagi rassomlar asarlarining mazmuni bilan tanishtiriladi, o'quvchilarning yozgi dam olishdagi eng yorqin taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. "Yoz - o'tdi soz" kompozitsiyasi uchun mazmun (on) tanlanadi. Tog', o'rmon, dengiz, shahar va qishloq manzaralarining ko'rinishlari aniq bir mazmunni berib, hayotiy ma'noni anglatsa, bunday asarlar manzara janriga tegishli bo'ladi.Uning tabiat manzarasi, shahar manzarasi, sanoat (industrial) manzarasi turlari bor. Mazkur dars orqali o'qituvchi o'quvchilarga kompozitsiyaning ma'nosini izohlashlariga yordam beradi. Narsalar rangi kuzatuvchidan uzoqlashgan sari xiralashib, ko'kimtir rangga kira borishi haqida ma'lumot beriladi. Kundalik hayotdagi go'zalliklarni kashf qilishning shartlaridan biri kompozitsiyadagi qarama-qarshi elementlarning bir-biri bilan mutanosibligidir: Katta va kichik, uzoq va yaqin, iliq va sovuq ranglar, nur va soya va boshqalar. III.Asosiy qism: a.O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan tog'lar rasmini chizish bosqichlari, so'ngra yoz rasmini ishlash bosqichlari tushuntiriladi. b.Amaliy mashg’ulot: O'qituvchi tomonidan tog'lar rasmini chizish darslikda ko'rsatilgan bosqichlar bo'yicha o'rgatiladi. O'quvchilar mustaqil ravishda tog' manzarasi rasmini ishlaydilar.
O'tilgan mavzuni takrorlash uchun darslikdagi savollardan foydalanish mumkin: 1. Tog'lar uzoqlashgan sari qanday rangda ko'rinadi? •Tog'lar uzoqlashgan sari ko'kimtir bo'lib ko'rinadi. 2.Ularning qanday ramziy ma'nosi borligi haqida gapirib bering. O'zbekiston ramzlaridan gerb ham bu yodgorlikdan b'rin olgan. Ertangi kunidan xotirjam onalarning Vatan kelajagi bo'lmish farzandlar tarbiyasi bilan mashg'ul ekanliklari tasvirlangan.
O'quvchilarni rasm ishlash malakalarini rivojlantirish; Kuzatuvchanlik va ko'rish xotirasini mustahkamlash; BadIIy-estetik did va emotsional sezgirlikni o'stirish; BadIIy fikr doirasini kengaytirish. Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Rangtasvir kompo-zitsiyasi. Darsning jihozlanishi: Turli atlas matolar namunalari va ular aks ettirilgan fotosuratlar, rasmlar. Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida atlas matolar misolida suhbat uyushtiriladi. Suhbat jarayoinida darslikda berilgan savollardan foydalanish lozim. Rang - biror narsa, predmetning xususiyati bo'lib, inson uni ko'zi bilan ko'rib, aqli bilan idrok etadi. Sizga ma'lumki rassomchilikda uchta asosiy rang bo'lib, ular - qizil, sariq, ko'k. Bu ranglar aralashmasidan boshqa ranglarni hosil qilish mumkin. Ular - yashil, zarg'aldoq, binafsha. Hosil bo'lgan oltita rangni yana o'zaro aralashtirib yana boshqa ranglar hosil qilinadi. Ranglarni aralashtirishning asosiy qoidasi rang halqasidir.Unga ko'ra ranglar hosil qilishning ikki usuli bor. Birinchisi ikki rangni aralashtirib yangi rang yaratish bo'lsa, ikkinchisi bir rangga suv qo'shish orqali yangi rang olishdir. Misol uchun, ko'k (zangori) va qizil ranglarni o'zaro aralashtirsak aniq tusga ega, toza binafsha rang hosil bo'ladi. Biron bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali uning tuslari hosil qilinishi, bunda ranglarning to'qdan och ko'rinishigacha bo'lgan bir talay tuslari hosil bo'lishi ham o'rgatiladi. II.Asosiy qism: a) Nazariy ma'lumot: "Ranglar halqasi" haqida ma'lumot beriladi; Ranglar hosil qilish qoTdalari bilan tanishtiriladi; Akvarelda rasmlar ishlash darslikda keltirilgan ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Mo'yqalamdan foydalanish qoidalari bilan tanishtiriladi; Guashning akvareldan farqi darslikdagi rasm orqali tushuntiriladi; Darslikda keltirilgan atlas bezaklari, akvarelda ishlash bosqichlari bilan o'quvchilar tanishtiriladi. Bunda kamida to'rt xil rangdan foydalanish tavsiya etiladi. b) Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar bo'yoqlarni o'zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug'ullanadilar; Atlas bezagi darslikda keltirilgan bosqichlar asosida ishlanadi. Bo'yoqlar bilan ishlash mashqi bajariladi. III. Darsga yakun yasash: Mavzu darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 4-dars. Sana:____________________ Mavzu: Yo'lsimon naqsh ishlash. Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarni qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; BadIIy-estetik didni o'stirish; BadIIy fikr doirasini kengaytirish; Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish; Bilish faolligini oshirish. Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya. Darsning jihozlanishi: Yo'lsimon naqsh namunalari. Dars tafsilotlari: I. Dars mavzusiga kirish: Darslikdagi milliy naqshlar haqidagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. "Naqsh" -arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul degan ma'noni anglatishi, unda o'simliklar, geometrik shakllar, qush, hayvon va boshqalarning ma'lum tartibda takrorlanishi va almashinib kelishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi o'quvchilar yodiga tushuriladi. O'quvchilarga naqshlardagi sir va ramzlar haqida ham ma'lumot beriladi. Har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olinganligi haqida tushuncha beriladi. O'quvchilar naqsh namunalari va naqsh ustalari bilan tanishtiriladi. O'quvchilarga kontrast ranglar haqida ma'lumot beriladi: ular qizil - yashil, sariq - binafsha, ko'k - zarg'aldoq yonma-yon turganda bu ranglar bir-birini yorqinroq, tiniqroq ko'rsatadi. Ranglarning bunday juftligi to'ldiruvchi yoki kontrast ranglar deyiladi. Darhaqiqat, ular bir-birini to'ldiradi va yorqinligini oshiradi. Inson ko'zi ajratadigan barcha ranglar ikki xil, ya'ni axromatik va xromatik ranglarga bo'linadi. Axromatik ranglar- oq, kulrang va qora ranglar. Boshqa barcha ranglar esa xromatik ranglarni tashkil qiladi. O'quvchilar bilan birgalikda darslikda berilgan yo'lsimon naqsh namunalari ishlatilgan bezak gullari aniqlanadi: 1-rasmda - bitta bezak gulli, 2-rasmda - ikki xil rangdagi bitta bezak gulli, 3-rasmda - ikkita bezak gulli naqshlar tasvirlangan. II.Asosiy qism: a) O'zaro qarama-qarshi (kontrast) ranglarni darslikda berilganidek o'quvchilar daftarlarida aks ettirishlari so'raladi; bitta bezak gulli, ikki xil rangdagi bitta bezak gulli, ikkita bezak gulli naqsh namunalarini chizish bosqichlari o'rgatiladi; o'qituvchi tomonidan naqsh namunalarini chizish, unda naqsh asosi (foni) va bezak gullari kontrast ranglarda bo'yalishiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlanadi. Shu o'rinda oq, kulrang va qora ranglar -neytral ranglar hisoblanishi, ular asosiy ranglarni kuchaytirishga xizmat qilishi aytib o'tiladi; yo'lsimon naqshlar, ularning turlari va chizilishi darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Suhbat davomida naqqosh usta Yoqub Raufov (1888 -1974) haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Uning O'zbekiston shaharlaridagi jamoat binolarini bezashda ishtirok etganligi, xontaxta, quticha, qalamdon va boshqa uy-ro'zg'or buyumlarining badIIy bezaklarini bajarganligi aytib o'tiladi. Yoqub Raufov milliy naqqoshlik maktablari an'analarini rivojlantirib, o'ziga xos naqqoshlik maktabi yaratganligi, Navoiy teatri, Adabiyot muzeyi va qator jamoat binolarini bezashda, Toshkent shahridagi me'moriy yodgorliklarni ta'mirlashda qatnashganligi haqida ma'lumot beriladi. b) Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar ikkita bezak gulli yo'lsimon naqsh ishlaydilar. III.Darsga yakun yasash: Takrorlash uchun darslikda berilgan savollar yordamida mavzu matni mustahkamlanadi: 1.Darslikda berilgan yo'lsimon naqshlar qaysi turga tegishli ekanligi aniqlanadi: 1- bitta bezak gulli; 2- bitta bezak gulli, biroq ikki xil rangli; 3- ikki bezak gulli, biroq ikki xil rangdagi. 2.Naqsh asosi va bezak guli qanday ranglarga bo'yalgani ma'qul? •Ular kontrast ranglarda bo'yalgani ma'qul. Misol uchun, naqsh asosi yashil rangga, bezak guli esa qizil rangga bo'yalgani ma'qul. 3.Kontrast ranglarni juftl-jufti bilan aytib bering. •qizil - yashil, ko'k - zarg'aldoq, sariq - binafsha. 4. Barg uchun qaysi asos (fon) rangi tanlangani ma'qul? •Barg uchun fon binafsha yoki ko'k rang tanlangani ma'qul. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 5-dars. Sana:____________________ Mavzu: Mevalar rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarni qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish; Bilish faolliklarini takomillashtirish; Emotsionai-estetik sezgirligini rivojlantirish; Estetik did va badIIy fikr doirasini kengaytirish. Tasviriy faoliyat turi: Naturadan rasm ishlash. Darsning jihozlanishi: Mevalar natyurmorti aks ettirilgan rassomlar asarlarining reproduktsiyalari, slaydlar, rasmlar. Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Kuz ne'matlari haqida darslikdagi rasmlar va savollar, rassomlarning asarlari yordamida suhbat uyushtiriladi. Natyurmort ("jonsiz tabiat") so'zining ma'nosi bolalar yodiga tushiriladi. Natyurmortda insoniyat hayoitida ishlatiladigan meva va sabzavotlar, gullar, turmushda qo'llaniladigan turli asbob-uskunalardan foydalanilishi ham qayd qilinadi. Natyurmort janrida ijod qilgan rassomlardan Rahim Ahmedov, Laylo Salimjonova, G'. Abdiraxmonov, Yu. Yelizarovlar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. Rassom Viktor Ivanovich Ufimsevni "Nastarin", "Dala gullari", "Moviy gullar", "Baqlajonlar" kabi ishlaridan ayrimlariga bolalar e'tibori qaratilib, ular o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. O'qituvchi darslikda berilgan rasmlar va savollar asosida o'quvchilarni darsda bajariladigan ish mazmuni bilan tanishtiradi. 1.Kuzda qanday mevalar, poliz ekinlari va sabzovotlar pishib yetiladi? •Kuzda anor, uzum, olma, behi kabi mevalar, poliz ekinlaridan -qovun, tarvuz, qovoq, sabzovotlardan - kartoshka, piyoz, turp, sholg'om, karam, sabzi pishib yetiladi. 2.Darslikdagi B. Ufimsevning natyurmortida nimalar tasvirlangan? •V. I. Ufimsevning "Baqlajonlar" natyurmortida tarvuz, baqlajonlar, pomidorlar, bulg'or qalampirlari va boshqalar tasvirlangan.
a) Darslikda berilgan anor, olma rasmini ishlash bosqichlari ko'rsatiladi. Anor yoki olmaga qarab, uning rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. b) Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar avval darslikda ko'rsatilgan bosqich asosida mevalar rasmini ishlaydilar. So'ngra bolalar o'qituvchi tomonidan sinfga o'matilgan natyurmort rasmini ishlashga kirishadilar. III. Darsga yakun yasash: Darsning bu qismida o'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 6-dars. Sana:____________________ Mavzu: Haykaltaroshlik Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarning badIIy fikr darajasini kengaytirish, bilish faoiliklarini takomillashtirish; Qo'l va steklar bilan haykal ishlash malakalarini o'stirish; Bilish faoiliklarini oshirish; Ko'z xotirasi va kuzatuvchanlikni mustahkamlash. Baliqning relyefli haykalini ishlash. Tasviriy faoliyat turi: Namunadan haykal ishlash. Darsning jihozlanishi: Relyefga doir rasmlar, baliq rasmi yoki uning o'yinchog'i. Dars tafsIIotlari: I. Dars mavzusiga kirish: 1. Haykaltaroshlik haqida qisqacha suhbat o'tkaziladi. Unda Toshkent shahridagi Amir Temur haykali haqida fikr yuritiladi. Bunda darslikdagi quyidagi savollardan foydalaniladi: 1.Buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur haqida nimalarni bilasiz? •Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Shahrisabzning Xo'ja ilg'or qishlog'ida tug'ilgan. U yetti yoshidan boshlab bilim olishni boshlagan. U harbiy san'at sirlarini mukammal egallagan. Amir Temur o'zining bilimi, qudrati, sarkardalik mahorati bilan bosqinchi mo'g'ullar ustidan g'alaba qozonib, yurtni dushmanlardan halos qilgan va Temuriylar sulolasiga asos solgan. 2.Rasmda aks ettirilgan Amir Temur haykali haqida so'zlab bering. •Darslikdagi rasmda Toshkent shahrining Amir Temur hiyobonida qad rostlagan ot ustidagi sarkarda Amir Temur haykali tasvirlangan. Mazkur haykal haykaltaroshlar llhom va Kamol Jabborovlar tomonidan bunyod etilgan. Haykaltaroshlik san'ati, uning ko'zga ko'ringan namoyondalari, darslikdagi Amir Temur haykali va boshqa haykallarning ishlanishi yuzasidan suhbat savol-javob orqali amalga oshiriladi. Haykallar tosh, marmar, granit, bronza, mis, yog'och, gips va shu kabi materiallardan, o'rganish uchun esa haykallar asosan loy va plastilinlardan yasalishi haqida ma'lumot beriladi. Loydan ko'ra plastilinning afzalligi shundaki, loy qurigach sinuvchan bo'lib qoladi, plastilin esa o'zining egiluvchanligini umuman yo'qotmaydi. Haykallar tasvirlanish uslubiga ko'ra ikki turda: hartomonlama aylanib ko'rishga mo'ljallangan uch o'lchovli, fazoviy jism va relyefli haykallarga bo'linishi aytib o'tiladi. Relyefli haykal esa tekis sathga (devorga yoki biror tekis asosga) bo'rttirib ishlangan haykaldan iborat. Unga misol sifatida 50 so'mlik tangada ishlangan haykalni keltirish mumkin. O'qituvchi tomonidan relyefli haykal ishlash bosqichlari tuchuntiriladi. Buning uchun plastilin yoki loy tekislanib, silliqlab olingach yupqa taxtacha yoki faneraga qo'l bilan bir tekisda yotqiziladi. Uning ustiga baliq shaklini belgilovchi chiziq chiziladi. Stek yordamida tasvir chiziq bo'yicha kesib chiqiladi. Ortiqcha loy yoki plastilin olib tashlanadi, chetlari tekislanadi. Stek bilan baliqning tangachalari, ko'zi va suzgichlari ishlanadi.
a.O'qituvchi tomonidan loy va plastilin bilan ishlash tartibi o'rgati-ladi. Yasalishi tavsiya etilayotgan baliq relyefini yasash bosqichlari ko'rsatiladi. Stek yordamida shaklga ishlov berish o'rgatiladi. b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda baliq relyefini yasashga kirishadilar.
O'quvchilarning badIIy bilim doirasini kengaytirish, bilish faolligini oshirish; Qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash; BadIIy-estetik didni rivojlantirish; Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirlikni rivojlantirish. Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya. Darsning jihozlanishi: To'rtburchak shakldagi gilam, so'zana, quticha, ro'mol rasmlari. Dars tafsilotlari: I. Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan naqshlar, ularning turlari haqida darslikda berilgan rasmlar va savollar asosida suhbat olib boriladi. Naqshlar ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, yog'och o'ymakorligi, gilamdo'zlik va boshqa bezak turlarida qo'llanilishi aytib o'tiladi. Naqshlar mazmuniga ko'ra o'simliksimon, xandasiy geometrik, gulli girix, ramziy turlarga bo'linadi. O'simliksimon naqsh tabiatdagi o'simlik bargi, buta, daraxt, gul, qush va boshqa narsalarning naqqosh tomonidan stilizatsiya qilinib, ma'lum qonuniyatlar asosida hosil qilinadi. Gulli girih - o'simlik va xandasiy geometrik naqsh elementlaridan tashkil topadi. Ramziy naqshlarda - kabutar, sher, baliq va boshqa shu kabi narsalar stillizatsiyalanib naqsh elementlaridan tashkil topadi. Ustalar tomonidan tuzilgan mashhur naqshlarga o'ziga xos nomlar qo'yilgan. To'rtburchak naqsh namunalaridan misollar keltiriladi. Naqshning turli bezak gullari haqida ma'lumot beriladi. Bezak gullari va naqsh sxemasiga doir ishlar bajariladi.
O'quvchilar darslikdagi topshiriqlarni bajarishga kirishadilar. III.Darsga yakun yasash: Darslikda berilgan topshiriq va savollar yordamida o'tilgan dars mustahkamlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa qilinadi. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 8-dars. Sana:____________________ Mavzu: "Paxta dalasida" mavzusida rasm ishlash Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarning rasm ishlash malakalarini rivojlantirish; BadIIy-ijodiy qobiliyatni o'stirish va ijodiy faolligini oshirish; BadIIy-estetik didni takomillashtirish; Kuzatuvchanlik va ko'z xotirasini o'stirish; Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Rangtasvir kompozitsiyasi. Darsning jihozlanishi: "Paxta dalasida" mavzusida ishlangan rassomlar asarlarining reproduksiyalari, slaydlar. Dars tafsilotlari: I. Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi o'quvchilarga rassomlarning "Paxta dalasida" mavzusidagi ishlari asosida darslikdagi va o'qituvchi tomonidan sinfga namoish qilinadigan rasmlar va savollar yordamida suhbat uyushtiradi. Suhbat darslikdan o'rin olgan O'zbekiston xalq rassomi Zokir Inog'omov (1919-1996) va uning ijodi bilan qisqacha tanishtirish orqali davom, ettiriladi. Uning asarlarida qahramonlarning qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Rassomning "Cho'ponning qo'shigi", "Choyga", "Kuz", "Dalada nonushta", "Xirmonda", "Mosh hosili" kabi ko'plab asarlari shular jumlasidandir. Kompozitsiya va uning elementlariga to'xtalib o'tiladi. Odatda asosiy element tasvirning ikkinchi planida joylanishi uqtiriladi. Bu "Kungaboqar va arilar" rasmi orqali tushuntiriladi. II.Asosiy qism: a.O'qituvchi o'quvchilarga qanday manzarani chizishlarini avval o'ylab olishlari uchun imkon beradi. "Paxta terimi", "Xirmonda", "Paxta terayotgan qiz", "Mashinada paxta terish", "Paxtani sug'orish". O'quvchilar ishlamoqchi bo'lgan kompozitsiyalarida nima asosiy, nimalar yordamchi yani ikkinchi darajali ekanligini aniqlab olishlari so'raladi. Bir-necha o'quvchidan bu haqda so'ralib, ularning javoblari umumlashtiriladi va ularga rasm chizish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Nima rasmi qayerda joylanishi va qaysi ranglarni tanlash kabilarga ko'proq e'tibor qaratilishi ta'kidlanadi. b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar "Paxta dalasida" mavzusida rasm ishlaydilar. Download 270.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling