O'zbekiston mening Vatanim


Mavzu: Me'moriy naqsh ishlash


Download 270.5 Kb.
bet3/4
Sana12.05.2020
Hajmi270.5 Kb.
#105413
1   2   3   4
Bog'liq
3 sinf tasviriy sanat konspekt


Mavzu: Me'moriy naqsh ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarni tasviriy malakalarini rivojlantirish;

  • Me'moriy naqshlarning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;

  • BadIIy-estetik didni o'stirish;

  • Ko'z xotirasi va kuzatuvchanlikni takomillashtirish.


Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Yurtimizdagi tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlar aks ettirilgan fotosuratlar, kulol ustalar tomonidan me'morchilik uchun tayyorlangan koshinkorlik naqshlari.
Dars tafsIIotlari:
I. Dars mavzusiga kirish:

O'zbekiston tarixiy obidalarga boyligi bilan jahonga mashhur. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xiva shaharlari jahonga aynan o'zining me'moriy yodgorliklari bilan dong taratganligi aytib o'tiladi. O'lkamizda qadimiy obidalrni kelajak avlod va insoniyat uchun saqlab qolish maqsadida ularni tiklash va ta'mirlash borasida ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Darslikda berilgan Samarqand shahrining markaziga qurilgan Registon me'moriy ansambli - Ulug'bek (1417-1420), Sherdor (1619-1636) va Tillaqori (1646-47-1859-60) madrasalaridan tashkil topganligi aytib o'tiladi. Tarixiy obidalar bilan birgalikda zamonaviy inshootlar xususida ham to'xtab o'tiladi. O'quvchilar tarixiy obidalar me'morchiligi bilan ham qisqacha tanishtiriladi. Bun­da minoralar, gumbazlar haqida ma'lumot beriladi. Tasviriy san'atning tarixiy janri haqida so'z yuritiladi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, mahobatli rangtasvir ustasi, rassom Alisher Aliqulov (1966) haqida ma'lumot beriladi. Uning "Amir Temurning To'xtamish ustidan g'alabasi", "Samarqand bozori", "Xalq qo'zg'alonlari", "Amir Temur jahon tarixida" asarlari Temuriylar Davlat muzeyi uchun ishlangan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh O'zbekiston xalqlari tarixi muzeyida "Xalq qo'zg'olonlari va jadidchilik harakati" nomli keng qamrovli va serma'no devoriy suratlar yaratdi. U yosh tomoshabinlar teatri, Alpomish sport saroyi, Toshkent shahar hokimiyati, Olimpiya shon-shuhrati kabi qator muzeylarning foyelarini o'z asarlari bilan bezatgan. Rassom O'zbekIIston, Fransiya, Ozarbayjon, Amerika, Misr, Qirg'iziston, Avstriya, Turkiya, Belgiya va boshqa davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazmalarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.


II.Asosiy qism:

a.Darslikda berilgan me'moriy obidalar peshtoqiga ishlangan ko-shin naqshlari o'rganiladi. Ularning tuzilishi, bezak gullari va ranglariga alohida e'tibor beriladi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar koshin naqshlaridan birortasi-dan nusxa olib o'z daftarlariga chizadilar va bo'yaydilar.

III.Darsga yakun yasash:

Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. Ularning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

Ko‘rildi: O‘IBDO‘

20-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Hayvonot bog'ida" mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • Hayvonot olamiga mehr-muhabbatni oshirish;

  • Ijodiy tafakkur, tasavvur va badIIy ijodkorlikni takomillashtirish;

  • Ko'z xotirasi va kuzatuvchanlikni rivojlantirish;

  • Rasm ishlash (qalam, mo'yqalam bilan) malakalarini takomillashtirish;

  • Hayvonot olamiga estetik munosabatni shakllantirish.


Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Hayvonlar aks ettirilgan xomaki ishlar, animalizm janrida ishlangan surat nusxalari.
Dars tafsiIotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: Mazkur darsda o'quvchilarning hayvonot bog'ida yoki televizor orqali ko'rganlari, darslikda berilgan hayvonlar rasmlarini kuzatish orqali suhbat uyushtiriladi. O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan hayvonlar, darslikda berilgan rasmlar, o'qituvchi tomonidan darsga keltirilgan hayvon rasmlari, slaydlari va suratlarini kuzatish orqali suhbat o'tkaziladi. Hayvonlar rasmini chizishdan avvalularning tana qismlarining tuzilishi, shakli va o'lchovlarini diqqat bilan kuzatish zarurligi ta'kidlanadi.
II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi o'quvchilarni darslikda berilgan fil, ot, baliq rasmlarini chizish bosqichlari bilan tanishtiradi.

b.Amaliy mashg’ulot:

O'quvchilar mustaqil ravlishda "Hayvonot bog'ida" rasmini ishlaydilar.


III.Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilganlarni mustahkamlash maqsadida darslikda berilgan savol va topshiriqlardan foydalaniladi. Rasmda qaysi hayvon o'lchami noto'g'ri olinganligi aniqlanadi. Yurtimiz hayvonot dunyosiga qaysi hayvonlar mansubligi o'rganiladi. Dars davomida berilgan vazifani yaxshi bajargan o'quvchilarning ishlari tahlil qilinib, baholanadi.
Ko‘rildi: O‘IBDO‘

21-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Men sevgan multfilm" mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning tasviriy malakalari va ijodiy qobiliyatlarini o'stirish, tasviriy faolliklarini oshirish;

  • Rasm ishlash malakalarini o'stirish;

  • BadIIy fikr doirasini kengaytirish;

  • Kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish.


Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Multfilm qahramonlari aks ettirilgan lavhalarning rasmlari.
Dars tafsilotlari:

I.Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi darslikda berilgan qator multfilmlar mazmuniga ishlangan rasmlarni o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qiladi. Tahlil jarayonida multfilm qahramonlari haqida, o'quvchilarga qaysi qahramonlar ko'proq yoqishi xususida suhbat uyushtiriladi. Ayrim multfilmlarning mazmuni savol-javob yordamida bolalar yodiga tushiriladi. Multfilm qahramonlarini o'quvchilar qanday tasvirlashni xohlashlari haqida gapirib berishlari uchun savollar bilan ularga muro-jaat qilinadi.


II.Asosiy qism:

a) O'qituvchi o'quvchilarga multfilmlar yaratishda rassomlarning hissasi juda katta ekanligini tushuntiradi. Multfilm qahramonlarining harakatlanishi ko'plab rasmlar yordamida amalga oshirilishi darslikdagi rasmlar asosida o'rgatiladi. Odam harakatini tasvirlash uchun darslikda ko'rsatilganidek katakchali qog'oz bo'lakchalari kesib oli-nadi. Bu bo'lakchalardan odamning turli harakat holatlari tuziladi. Ular rasmga tushirilib, kadrlar ketma-ket tez otkazilganda odam harakatlanayotgandek ko'rinadi. Xuddi shu yo'l bilan multfilm qahramonlari ham harakatlantiriladi.

O'qituvchi o'quvchilarga multfilm qahramonlarining yuz tuzilishini tasvirlashni darslikda berilgan bosqichlar asosida o'rgatadi. O'quv-chilar birorta multfilm qahramonini yuz tuzilishining xomaki rasmini chizadilar va uni sharhlaydilar. Rasmda multfilm qahramonining qaysi holati tasvirlanganini tushuntirib beradilar.

So'ngra "Men sevgan multfilm" mavzusida rasm ishlash yuzasidan ko'rsatma beriladi.


b) Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar o'zlari hohlagan multfilm asosida rasm ishlaydilar. O'qituvchi esa ularga maslahat va amaliy yordam ko'rsatadi.
III. Darsga yakun yasash:

Mavzu darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.



Ko‘rildi: O‘IBDO‘

22-dars. Sana:____________________

Mavzu: Natyurmort ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilar tasviriy malakalarini takomillashtirish;

  • Kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish;

  • BadIIy fikr doirasini kengaytirish;

  • BadIIy-estetik didni o'stirish.


Tasviriy faoliyat turi: Naturadan rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: Olma, ko'za, nok, mato, rassomlar tomo­nidan ishlangan natyurmort reproduksiyalari.
Dars tafsilotlari:

I.Dars mavzusiga kirish: Rassomlartomonidan ishlangan natyurmortlarni o'quvchilar tomonidan emotsional-estetik jihatdan idrok etishlari, uning mazmuni, rassomning g'oyasi, asar kompozitsiyasi, uning badIIy saviyasi haqida savol-javob uyushtiriladi. Bunda ular e'tiborini natura rasmini qog'oz yuzasida to'g'ri joylashtirishga ham qaratishi lozim. Shuningdek, natyurmort ishlashning "10 savol" usuli tushuntiriladi.


II.Asosiy qism:
a.O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda avval sinfda chizish uchun qo'yilgan natyurmortni savollar yordamida sinchiklab kuzatadilar. O'quvchilarga tasvirni qog'ozga to'g'ri joylashtirish, qalamda xomaki rasm ishlash, uni bo'yash haqida ko'rsatmalar beriladi.
b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda o'qituvchi tomonidan sinfda o'matilgan olma, nok, ko'za va matodan iborat natyurmortni ishlaydilar.
III. Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


Ko‘rildi: O‘IBDO‘
23-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Laylak va tulki" ertagi asosida haykal ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning tasviriy malakalarini takomillashtirish;

  • BadIIy ijodiy qobiliyatni o'stirish;

  • BadIIy-estetik didni o'stirish; BadIIy fikr doirasini kengaytirish;

  • O'quvchilarni axloqiy-estetik ruhda tarbiyalash.


Tasviriy faoliyat turi: Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Rassomlar tomonidan ishlangan laylak va tulki rasmlari, ularning haykalchalari, o'yinchoqlar.
Dars tafsilotlari:

I.Dars mavzusiga kirish: "Laylak va tulki" ertagidan parcha o'qish orqali undagi eng qiziqarli onlaraniqlanadi. Tulki bilan turnaning uchrashib qolishlari, tulkining laylak uyiga mehmon bo'lib borgani, laylakning tulki uyiga mehmon bo'lib borgani va h. k. Ertakda tasvirlangan laylak va tulkini tasavvur qilish uchun o'quvchilarga ularning rasmlari namoyish etilib, atroflicha (tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari) tahlil etiladi. Tavsiya etilayotgan rasmlarda tasvirlangan hayvon va qushlarning tuzilishi, shakllari, ranglariga e'tibor berish kerakligi tushuntiriladi.


II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi tulki va laylak haykalini yasashni darslikda berilgan yo'riq asosida o'rgatadi. Bundan tashqari ular ovqatlanadigan idishlarni yasash yuzasidan o'qituvchi tomonidan yo'l-yo'riqlar beriladi. O'qutuvchi ertakning qaysi lavhasi(on)ni ishlashni rejalashtirganliklarini ayrim o'quvchilardan so'raydi. Shu masalada maslahatlar beradi. "Laylak va tulki" ertagi asosida haykallar kompozitsiyasini ishlashga ruhsat beriladi. Haykallarni alohida-alohida bosqichlar asosida bajarish lozimligi qayd qilinadi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar mustaqil ravlishda avval tulki va laylak haykalini, so'ngra ko'za va laganni yasaydilar va shu asosda o'zlari o'ylagan kompozitsiyani ishlaydilar.
III.Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


Ko‘rildi: O‘IBDO‘
24-dars. Sana:____________________

Mavzu: Bug'doy va paxta rasmini ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning rasm ishlash malakalarini takomillashtirish;

  • Ularning bilish faolliklarini oshirish;

  • Narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish.


Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Paxta chanog'i, bug'doy boshog'i va ularning rasmini ishlash bosqichlari, rassomlarning o'simliklar dunyosi aks ettirilgan asarlarining reproduksiyalari, rasmlari.
Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: O'zbekiston hududida yetishtiriladigan paxta va bug'doy haqida darslikda berilgan rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. Paxta va bug'doyning ahamiyati haqida ham to'xtalib o'tiladi. Ularning tuzilishi, shakllari, ranglari, o'lchovlariga o'quvchilar e'tibori qaratiladi.
II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi o'quvchilarga paxta chanog'i va bug'doy boshog'i rasmlarini ishlash tartibini darslikda berilgan bosqichlar asosida tanishtiradi. Paxta chanog'i va bug'doy boshog'i xomaki rasmini ularning asliga qarab chizish lozimligi uqtiriladi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar o'simliklar rasmini darslikda ko'rsatilgan bosqichlar asosida mustaqil ishlaydilar.
III.Darsga yakun yasash:
Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

Ko‘rildi: O‘IBDO‘


25-dars. Sana:____________________

Mavzu: "O'lkamizda bahor" mavzusida rasm ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning tasviriy malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash;

  • BadIIy ijodiy qobiliyatini o'stirish va ijodiy faolligini oshirish;

  • Emotsional-estetik sezgirlikni rivojlantirish;

  • BadIIy-estetik didni o'stirish;

  • BadIIy bilim doirasini kengaytirish.


Tasviriy faoliyat turi: Naturadan rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: Rassomlarning bahor faslini ifodalovchi asarlari reproduksiyalari, slaydlar.
Dars tafsIIotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: Darslikdagi gullayotgan bog', tog' ko'rinishlari savol-javob orqali o'rganiladi. Dastlab tabiat qo'yniga sayohat uyushtirilib, uning nafosatga boy ko'rinishlari kuzatilib o'rganilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bahor fasli, uning darakchilari, bahordagi tabiatning ko'rinishlari, undagi ranglarning o'ziga xosligi haqida, rassomlar ijodida bahor manzarasini tasvirlash keng tus olganligi haqida suhbat davom ettiriladi. Manzara janrida ijod qiladigan rassomlar va ularning ijodi haqida to'xtalib o'tiladi. O'zbekiston BadIIy Akademiyasining Akademigi, O'zbekiston xalq rassomi, professor Qutlug' Basharov (1925-2004) haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Q. Basharov rassomchiliksan'atining barchajanrlarida o'z mahoratini namoyon qilgan. Uning manzara, portret, natyurmort va tarixiy asarlarida milliy ruh yaqqol sezilib turadi. Q. Basharovning manzara janridagi "Bahor", "Baxt" rasmlari, "Buxoro manzaralari", "Buxoro oqshomlari", "Teraklar" homli asarlari mashhurdir. Ular nafaqat respublikamiz muzeylarida, balki chet ellarda (Rossiya, Avstriya, Misr, Kanada, Fransiya, AQSh va boshqa davlatlar) muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida ham bor.
II.Asosiy qism:
a.O'qituvchi o'quvchilarga darslikda berilgan gullayotgan olma shoxi rasmini ishlash bosqichlarini tushuntiradi. So'ngra "O'lkamizda bahor" mavzusida xomaki rasmni ishlash topshiriladi.
b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar avval gullayotgan olma shoxiga qarab xomaki rasm ishlaydilar, so'ngra "O'lkamizda bahor" rasmini chizadilar. Agar havo ochiq bo'lsa, darsni tabiat qo'ynida o'tkazgan ma'qul.
III.Darsga yakun yasash:

Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


Ko‘rildi: O‘IBDO‘


26-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Navro'z bayrami" tabriknomasini ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
O'quvchilarning o'zbek va sharq xalqlarining milliy an'analari haqi-dagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish; O'quvchilarning rasm ishlash malakalarini takomillashtirish; Ularning badIIy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish va faoiliklarini oshirish; Emotsionai-estetik sezgirlikni o'stirish; BadIIy bilim doirasini kengaytirish; O'quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalash.
Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Rassomlarning Navro'zga bag'ishlangan dekorativ ishlarining reproduksiyalari, bezak uchun turli materiallar, Navro'z tabriknomalari.
Dars tafsIIotlari:
II.Dars mavzusiga kirish: Navro'z bayrami haqida darslikdagi rasmlar va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. O'quvchilar Navro'z bayrami haqida rassomlar ishlagan asarlar bilan tanishtiriladi.
III.Asosiy qism:

a.O'qituvchi o'quvchilarga "Navro'z bayrami" tabriknomasini ishlash bosqichlarini darslik orqali tushuntiradi. Namuna asosida tabriknoma doskada xomaki chizib ko'rsatiladi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda "Navro'zizgiz muborak bo'lsin!" tabriknomasini ishlaydilar. O'qituvchi ularga amaliy yordam va maslahatlar berib boradi.
III.Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


Ko‘rildi: O‘IBDO‘
3-MSNI. Sana:____________________

27-dars. Oraliq nazorat darsi
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning uchinchi chorak davomida tasviriy san'atdan olgan bilimlarini nazorat qilish, uning hajmini aniqlash;

  • Ularning bu chorakda o'zlashtirgan tasviriy malaka va ko'nikmalari, ijodiy qobiliyatlari, estetik-badIIy didlari kabilarni qabul qilingan mezonlar asosida aniqlash;

  • Nazorat natijasida yig'ilgan ballar asosida bolalarning choraklik baholarini belgilash.

Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratning quyidagi turlari qo'llaniladi:
Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:

  • rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi;

  • kuzatuvchanlik darajasi;

  • tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi.

2.Tasviriy ijodiy mustaqil ish. "Navro'zingiz muborak bo'lsin" tabriknomasini topshirish va uning ishlanishi asosida o'quvchilarning rasmlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:



  • rasmning qog'oz yuzasida joylashuvi ;

  • bezak elementlarining o'lchov va o'lchov nisbatlari;

  • o'quvchining ishga ijodiy yondoshganligi;

  • ishni bajarishdagi badIIy-estetik did;

  • ishning toza va tartibli bajarilganligi.


Dars tafsiloti:

1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 5 ta test topshirig'ini bajaradilar.

2."Navro'zingiz muborak bo'lsin" tabriknomasini taqdim qiladilar va uni ishlash bosqichlari haqida so'zlab beradilar.

O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari umumlashtirilib, baholanadi.


Test savollari javoblari:


Savol

1

2

Shoxjaxon

Shaxzoda

Asilbek

4

5

1

2

3

4

Javob

B

B

A

B

D

D

D

A

E

B



Ko‘rildi: O‘IBDO‘

28-dars. Sana:____________________

Mavzu: Doiraviy naqsh ishlash.

Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning rasm ishlash malakalarini o'stirish;

  • Doira shaklidagi naqshlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;

  • BadIIy-estetik didni rivojlantirish;

  • BadIIy fikr doirasini kengaytirish.


Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Doiraviy naqshlar bilan bezatilgan laganlar, patnis, tovoq, ularning rasmlari.
Dars tafsilotlari:
I. Mashg'ulot mavzusiga kirish: Kulolchilik buyumlarining yaratilishi haqida suhbat uyushtiriladi. Unda asosiy e'tibor kulolchilik mashg'ulotlaridagi naqsh gullariga qaratiladi. Bunda naqshning eng yirik guli laganning ichiga turlicha kompozitsiyada joylashtiriladi.

Mazkur darsda ko'proq doiraviy naqshlarga e'tibor qaratiladi. Laganlarga ishlangan naqsh namunalari, ularga ishlangan bezak gullari, naqqoshlik ustalari va ularning ishlari asosida suhbat davom ettiriladi. Naqshlarda ko'p uchraydigan bezak gullari (barg, shoxbarg, bodom, bofta. garimdori, marg'ula, uchbarg, ko'p barg, lolagul, oygul, paxtagul) haqida ma'lumot beriladi.



Naqqosh, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi usta Anvar llhomov (1946) haqida ma'lumot beriladi. A. Ilhomov zamonaviy binolarni an'anaviy naqshlar bilan bezashda kulollik buyumlari, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi uyg'unligiga erishdi. Toshkentdagi "Istiqlol" saroyining katta zali, To'qimachilar madaniyat saroyi, Sirdaryo teatri, "Turkiston" saroyi, Temyriylar tarixi davlat myzeyi, Imom Buxoriy va Ahmad Farg'oniy majmuasiga kirgan binolarni bezadi. 1997-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi O'zbekiston Davlat mukofotining sohibi bo'ldi.
II.Asosiy qism:
a.O'quvchilarga darslikda berilishi bo'yicha doiraviy naqshlar ishlash bosqichlari: naqsh shakli va sxemalari, bezak gullarini chizish, bo'yash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar beriladi. Bezak gullari va ularning nomlari takrorlanadi. Berilgan naqsh sxemasi va bezak gullari bo'yicha doiraviy naqsh ishlash topshiriladi.
b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda berilgan naqsh sxemasi va bezak gullaridan foydalanib ijodiy ravishda doiraviy naqsh ishlaydilar.
III.Darsga yakun yasash:
O'quvchilarning ishlaridan eng xarakterlilari, ifodali va talablar darajasida ishlanganlari tanlab olinadi, hamda ular tahlil qilinadi. Ular qabul qilingan mezonlar asosida baholanadi va darsga yakun yasaladi.
Ko‘rildi: O‘IBDO‘

29-30-dars. Sana:____________________

Mavzu: Kulolchilik. Loydan lagan yasash.
Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling