O'zbekiston mening Vatanim
Darsning maqsad va vazifalari
Download 270.5 Kb.
|
3 sinf tasviriy sanat konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasviriy faoliyat turi
- Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 33-34-darslar. Sana:____________________ Yakuniy nazorat darsi. Darsning mavzusi: Olkamiz tabiati
- Test topshirig’i javoblari
Darsning maqsad va vazifalari: Loy, stek, qo'l bilan haykal ishlash malakalarini rivojlantirish; Kulol ustalar haqida elementar tushunchalar berish; Loydan buyumlar yasash texnikasini egallashga ko'maklashish; O'quvchilarni badIIy-estetik didini o'stirish, badIIy fikr doirasini kengaytirish; Tasviriy tafakkur va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Tasviriy faoliyat turi: Naturaga qarab haykal ishlash. Darsning jihozlanishi: Usta kulollar tomonidan ishlangan laganlar, ularning fotosuratlari. Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Darsni kulolchilik haqidagi suhbat bilan boshlash maqsadgamuvofiq. Suhbat orqali o'quvchilar spool laganlarning o'ziga xos jihatlari, ularni yasash texnologiyasi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Misol uchun, loydan idish yasash texnologiyasining vujudga kelishi, ustalarning naqshlaridagi sir va ramzlar, kulolchilik charxining qadimda ham, hozirgi kunda ham qo'llanib kelayotganligini aytib o'tiladi. O'zbekistonda kulolchilik maktabilari keng rivoj topgan. Ularning asosiylari Rishton, G'urumsaroy, Samarqand, Urgut, G'ijduvon, Shaxrisabz, Toshkent, Xorazm hisoblanadi. O'zbekistonda ustalardan A. Xazratqulov, T. Miraliyev, M. Siddiq, M. Raximov, R. Matchanov, U. Jo'raqulov, M. Ismailov, M. Turopovlar shuhrat qozonganlar. Kulol chilikda tayorlanadigan asosiy mahsulotlar bu - sopol idish va haykallar, terrakota (kuydirilgan qizg'ish-jiggar rang gil), fayans (ganch aralash loy), chinni buyumlar, mayolika (sirlangan sopol) hisoblanishi haqida ma'lumot beriladi. II.Asosiy qism: a.O'qituvchi o'quvchilarga loydan sopol buyum yasash yo'llarini darslik bo'yicha tushuntiradi. Uni maxsus loydan tayyorlanishi, loyga shakl berilishi, tandirda quritilishi va unga rang va bezak berilishi haqida gapiriladi. b.Amaliy mashg’ulot: Ma'lumki loydan biror ro'zg'or buyumini yasash uchun oldin uning tuzilishi va shaklini belgilab oladilar. So'ngra u asosida loydan lagan yasashga kirishadilar. O'quvchilar yasalgan laganni uyda quritib keladilar. Ikkinchi darsda lagan naqshlar bilan bezatiladi. III.Darsga yakun yasash: Dars davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinadi, kamchiliklar ko'rsatiladi. Bajarilgan ishlar baholanadi. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 31-dars. Sana:____________________ Mavzu: "Oqshom" mavzusida rasm ishlash Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarni rasm ishlash malakalarini va ko'nikmalarini rivojlantirish; Ularning ijodiy tafakkuri, tasavvqri va fantaziyasini o'stirish; Emotsional-estetik sezgirlikni, estetik didni o'stirish; O'quvchilarning badIIy fikr doirasini kehgaytirish va san'at asarlarini o'qishga o'rgatish. Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi. Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rassomlar tomonidan ishlangan san'at asarlarining reproduksiyalari, parallel sinf o'quvchilarining mavzu yuzasidan ishlagan rasmlari, "Ranglar va ularning nomlari" plakati. Dars tafsIIotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Darslikda berilgan rasmdagi kunduzgi oftobli ko'rinish va quyosh botayotgandagi tabiat manzarasi ко rinishi savollar asosida tahlil qilinadi. O'quvchilarning atrof-muhitdagi, borliqdagi rang-tuslarning boyligi va xilma-xilligi haqidagi tushunchalari boyitiladi. Ranglarning inson his-tuyg'ulariga, kayfiyatiga ta'sir etishi yuzasidan ham ma'lumotlar beriladi. Shu o'rinda "Kecha va kunduz", "lliq va sovuq" deb nomlangan rasmlar tahlil qilinadi. Ularda ishlatilgan ranglar va tasvirlangan kayfiyatlar aniqlashtiriladi. Ranglar xarakteriga ko'ra ikkiga - iliq va sovuq turlarga bo'linadi. Birinchi turga - qizil rang va uning bir necha tuslari:' to'q qizil, och qizil, qirmizi, lola rang, gulobi, zarg'aldoq; sariq rang va uning tuslari: och sariq, to'q sariq, malla va hokazo. Sovuq ranglarga- ko'kish-yashil, zangori, havo rang, barikaram va hokazolar kiradi. Shu o'rinda darslikda berilgan ranglar va ularning nomlari qaytariladi. Har bir rangga mos narsalarni topish so'raladi. Darslikda berilgan savol va topshiriqlar yordamida rasmlar kuzatilib hikoya tuziladi va nima uchun aynan shu ranglardan foydalanilganligi tahlil qilinadi. II.Asosiy qism: a.O'qituvchi dars davomida ishlanadigan "Oqshom" mavzusidagi rasm ishlashda nimalarga e'tibor qaratilishi, qaysi ranglardan ko'proq foydalanish lozimligi yuzasidan ko'rsatmalar beradi. b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar qizil bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali rang tuslarini hosil qilish, uning to'qdan och ko'rinishgacha bo'lgan bir talay tuslarini hosil qilish ustida mashqlarni bajaradilar. Shundan so'ng, "Oqshom" mavzusida rasmni ishlashga kirishadilar. III.Darsga yakun yasash: Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 32-dars. Sana:____________________ Mavzu: "Sirk tomoshasi" mavzusida haykal ishlash Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarning loy(plastilin) bilan haykal ishlash malakalarini takomillashtirish; BadIIy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish; Ularning kuzatuvchanlik va ko'z xotirasini rivojlantirish; Bilish faolligini oshirish; Emotsional-estetik sezgirlikni takomillashtirish. Tasviriy faoliyat turi: Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Darsning jihozlanishi: Odamlar va hayvonlarning haykalchalari, ularning fotolari, rasmlar va o'yinchoqlar, sirk mavzusidagi rasmlar. Dars tafsiIotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Yangi mavzuning bayonini darslikdagi berilgan sirk tomoshasi va savollar yordamida boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilarning sirk tomoshalariga qiziqishlari, ularga aynan qaysi tomoshalar yoqishi, sirkdagi hayvon o'rgatuvchi va hayvonlar, masxarabozlar, gimnastlar, chavandozlar haqidagi fikrlari so'raladi. O'quvchilarga sirkda ishtirok etadigan hayvonlardan qaysilarini plastilindan yoki loydan haykalini ishlashni xohlashlari so'raladi. II.Asosiy qism: a)O'qutuvchi bolalardan "Sirk tomoshasi" mavzusida kirn qanday ko'rinishdagi haykallar ishlashni rejalashtirayotganliklari so'raladi. O'quvchilardan ayrimlarining javoblari tinglanadi. Ularga o'z ishlari yuzasidan maslahatlar beriladi. O'qituvchi misol tariqasida avval hayvon o'rgatuvchi va yo'lbars haykallarini yasashni darslikda berilgan bosqichlar asosida tushuntiradi. Haykal bo'laklari yasab bo'lingach "Sirk tomoshasi" nomli kompozitsiya yasash mumkinligi aytiladi. b)Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar o'z xohishlariga ko'ra tanlagan ko'rinishlari asosida alohida-alohida haykal yasaydilar. So'ngra "Sirk tomoshasi" nomli haykaltaroshlik kompozitsiyasini tuzishga kirishadilar. Ko‘rildi: O‘IBDO‘ 33-34-darslar. Sana:____________________ Yakuniy nazorat darsi. Darsning mavzusi: O'lkamiz tabiati Darsning maqsad va vazifalari: O'quvchilarni to'rtinchi chorak va yil davomida tasviriy san'at darsida olgan bilimlarini aniqlash yuzasidan oraliq va yakuniy nazoratini o'tkazish; Ularning to'rtinchi chorak davomida o'zlashtirgan malaka va ko'nik-malari, badIIy-ijodiy qobiliyatlarini, badIIy-estetik didlari darajasini aniqlash yakuniy nazoratini tashkil etish; Joriy, oraliq, yakuniy nazorat. natijalari, yig'ilgan ballar asosida bolalarning yillik baholarini aniqlash. 1-darsda "O'lkamiz tabiati" mavzusida rasm ishlanadi. 2-dars, oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratni quyidagi turlari qo'llaniladi: 1.Test sinovlari yordamida baholash mezonlari: rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi; naqsh turlari va bezak gullari haqidagi bilim darajasi; kontrast ranglar haqida bilim darajasi; haykaltaroshlik turlari haqidagi bilim darajasi; tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi. 2.Tasviriy ijodiy mustaqil ish. "O'lkamiz tabiati" rasmini bo'yabtopshirish va rasm haqida qisqacha hikoya qilish asosida o'quvchilarning ishlagan rasmlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi: rasmning qog'oz yuzasida joylashuvi; rasm mazmuni uning mavzusiga mosligi; narsalarning o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi; qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalari; rasmning toza va tartibli bo'lishi. III. Darsga yakun yasash: O'tilgan materiallarni darslikda berilgan savollar yordamida mustahkamlanadi. O'quvchilar tomonidan bajarilgan eng yahshi va eng xarakterli kompozitsiyalar namoyish etiladi, tahlil qilinadi. Bu ishlar ma'lum mezonlar asosida baholanadi. Dars tafsIIotlari: 1.Yil davomida o'tilgan mavzular bo'yicha 10 ta test topshing'ini bajarish. 2."O'lkamiz tabiati" rasmining taqdimoti. Test topshirig’i javoblari:
Ko‘rildi: O‘IBDO‘ Download 270.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling