O'zbekiston mening Vatanim


Download 270.5 Kb.
bet2/4
Sana12.05.2020
Hajmi270.5 Kb.
#105413
1   2   3   4
Bog'liq
3 sinf tasviriy sanat konspekt


III.Darsga yakun yasash:

Darslikdagi takrorlash uchun berilgan savollar va bajarilgan topshiriqlar yordamida darsga yakun yasaladi. Bir-necha o'quvchining ishi ko'rsatilib, tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga ko'ra o'quvchilarning ishlari baholanadi.




Ko‘rildi: O‘IBDO‘
1-MSNI 9-dars. Sana:____________________

Oraliq nazorat darsi Mavzu: "Paxta dalasida" mavzusidagi rasm taqdimoti
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarni birinchi chorak davomida olgan bilimlarini nazorat qilish; uning hajmini aniqlash;

  • Ularning chorak davomida o'zlashtirgan tasviriy malakalari, ijodiy qobiliyatlari va boshqa tasviriy savodxonlik darajalarini aniqlash, hamda baholash.

Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratning quyidagi turlari qo'llaniladi.
1.Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:

  • rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi;

  • naqsh turlari va bezak gullari yuzasidan bilim darajasi;

  • kontrast ranglar yuzasidan bilim darajasi;

  • haykaltaroshlik asarlari turlarini bilish darajasi.

2.Tasviriy ijodiy mustaqil ish. "Paxta dalasida" rasmini bo'yash va rasm haqida qisqacha hikoya qilish asosida o'quvchilarning rasmlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:



  • rasmning qog'oz yuzasida to'g'ri joylashuvi;

  • rasm mazmunining mavzusiga mosligi; bajarilgan ishdagi badIIy-estetik did;

  • narsalarning o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;

  • rasmning toza va tartibli ishlanganligi.


Dars tafsiloti.

1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 5 ta test topshirig'ini bajaradilar.


2.Oldingi darslarda ishlangan "Paxta dalasida" mavzusidagi rasmni akvarelda bo'yab topshiradilar va u haqida hikoya qilib beradilar.
3.O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari umumlashtirilib, baholanadi.
Test savollarining javoblari:

Savol

1

2

3

4

5

Javob

B

B

E

B

D

Ko‘rildi: O‘IBDO‘

10-dars. Sana:____________________

Mavzu: Geometrik shakllar va applikatsiya
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarga geometrik shakllar va applikatsiya texnikasi haqida tushuntirish berish;

  • BadIIy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish;

  • Quroq gazlamalarini kesish va tekis yuzaga yopishtirish malaka-larini o'stirish.


Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, to'rtburchak, doira, oval va b.).
Dars tafsilotlari:

I. Dars mavzusiga kirish: O'quvchilarga shakllar haqida tushuncha beriladi. Bunda uchburchak, doira, kvadrat, oval, to'g'ri to'rtburchak kabi shakllar haqida gapiriladi. Bolalar bilan borliqda, rasm va san'at asarlarida uchraydigan shakllar to'g'risida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. Darslikda berilgan rasm asosida geometrik shakllar va ularning rasm ishlashdagi o'rni tushuntiriladi. Applikatsiyaga darslikda berilgan ta'rif o'quvchilar daftariga yozdirib qo'yiladi. Applikatsiya haqida ma'lumot beriladi, uni yasash uchun zarur ashyolar, applikatsiya ishlash bosqichlari tushuntiriladi.

Applikatsiya tasvirini ishlashdan avval oddiy narsalarni rassom ko'zi bilan ko'ra bilish (sabzavotlar, mevalar, idishlar va boshqalar), tabIIy va qo'lda yasalgan buyumlarning shakli va rangidagi go'zallikni aniqlay olish, badIIy obrazini yaratlishda tabIIy shakllarni ajratish va buyumning ikkinchi badIIy aksi yaratilishini tushunib yetish (xandasiy shakl bilan tabIIy shakldagi umumiylikni topish) zarurligi uqtiriladi.
II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi o'quvchilarni applikatsiya yasash uchun zarur ashyolar bilan tanishtirish bilan birga ularni yasash bosqichlari haqida ham to'htaladi. Darslikda berilgan shakllardan foydalanib tulki, quyon va ikkita archa rasmini qog'ozga chizish va qirqib olish hamda ulardan foydalanib applikatsiya yasash yuzasidan ko'rsatmalar beradi. Biror mazmunli rasmni qog'ozga chizib, har xil gazlamalardan shakllarni qirqib olib, ularni yelim bilan qog'ozga yopishtirib applikatsiya yasash o'rgatiladi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar tulki, quyonlarning tana bo'laklari va ikkita archa bo'laklari rasmini qog'ozga chizib, qirqib oladilar va ulardan foydalanib applikatsiya yasaydilar.
III.Darsga yakun yasash:

Darslikda berilgan savollar orqali dars materiallari takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.


Ko‘rildi: O‘IBDO‘

11-12-dars. Sana:____________________

Mavzu: 'Kech kuz" mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarni rasm ishlash malaka va ko'nikmalarini mustahkam­lash;

  • Ularni ijodiy qobiliyatlari va faolliklarini rivojlantirish;

  • Kuzatuvchanlik va ko'z xotirasini takomillashtirish;

  • San'at asarlarini o'qishga o'rgatish;

  • BadIIy fikr doirasini kengaytirish, tabiatga estetik munosabatni takomillashtirish.


Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish, rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Rassmolarning "Kuz manzarasi" mavzusidagi asarlarining reproduksiyalari.
Dars tafsilotlari:

Dastlab birinchi darsda o'quvchilarga tabiatning go'zal go'shalaridan biriga kuzgi tabiat manzarasini o'rganish maqsadida sayohat uyushtiriladi. Sayohat tasviriy san'at darsida yoki darsdan keyin (darsdan oldin) o'tkazilishi mumkin.


I. Dars mavzusiga kirish: Atoqli manzarachi rassom O'.Tansiqboyevning "Issiqko'l oqshomi", "Kuz tongi", "Jonajon o'lka", I.Xaydarovning "Oltin kuz", I. Levitanning "Oltin kuz" asarlari asosida darslikdagi rasm va savollardan foydalangan holda suhbat uyushtiriladi. O'quvchilarning javoblari umumlashtiriladi.

O'zbekiston xalq rassomi N.G. Karaxan (1909-1970)ning ham manzara janrida samarali ijod qilganligi aytib o'tiladi. U tabiat fonida kishilarni ham tasvirlagan. Bunday asarlariga misol qilib "Ayollar g'allazorda", "G'alla elayotgan ayol", "Nanay yo'li", "Yashnayotgan vodiy", "Oltin sIImfoniya", "So'nggi nur" kabi asarlarini keltirish mumkin.

Darslikda berilgan ikki rasmdagi kuz manzaralari taqqoslanadi: Birinchi rasmda quyoshli, havo ochiq bo'lgan kuz manzarasi, ikkinchisida esa o'sha manzaraning bulutli ko'rinishdagi tasviri beriladi.
II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi tomonidan avval daraxtlarni tasvirlash bosqichlari, so'ngra "Kech kuz" mavzusida rasm ishlash bosqichlari amalga oshiriladi.

b.Amaliy mashg’ulot: Kuz faslining ikki xil ob-havo ko'rinishini tasvirlash. O'quvchilar o'zgaruvchan kuz manzarasining ikki ko'rinishini tasvirlashga (ochiq va bulutli havolarda) kirishadilar. Birinchi darsda o'quvchilar tabiat manzaralarini kuzatsalar, ikkinchisida esa kuz manzarasini bulutli va shamolli ko'rinishda tasvir laydilar.
III.Darsga yakun yasash:

Darsni takrorlash rassom Rahim Ahmedovning "Kuz tabiati manzarasi" asarini tahlil qilish asosida o'tkaziladi. Bunda bolalarning e'tibori tabiatning kayfiyati ranglar yordamida qanday berilganligiga, kompozitsiyaning asosiy elementlari qay darashada to'g'ri tasvirlanganligiga qaratiladi.

Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
Ko‘rildi: O‘IBDO‘

13-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Toshbaqa bilan chayon" masali asosida rasm ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:


  • lllustratsiya haqida tushuncha berish;

  • O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish;

  • Qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

  • Ko'z xotirasini o'stirish;

  • Bilish faolligini oshirish.


Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: "Toshbaqa va chayon" masali asosida ishlangan rasmlar, alohida toshbaqa, chayon rasmlari, ularni chizish bosqichlari.

Dars tafsilotlari:

I. Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi "Toshbaqa va chayon" masalini o'qib (yoki mazmunini so'zlab beradi), o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qiladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida masalning qaysi lavhasi tasvirlangani aniqlab olinadi. Illyustratsiya ishlash bo'yicha mashhur rassomlar haqida ma'lumot beriladi. Ularning asarlaridan namunalar keltiriladi. Sharqning buyuk mussaviri Kamoliddion Behzod (1455-1536) haqida atroflicha ma'lumot beriladi. Mussavir Hirot va Tabrizda ijod qilib, zamondoshlari bo'lgan Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning portpetlarini yaratgan, yoshlarga rassomlik sirlarini o'rgatgan. Behzod -buyuk minatyurachi rassom. U Sa'diyning "Bo'ston", Attorning "Mantiq ut-tayr", Navoiyning "Xamsa" kabi ko'plab asarlarga illustratsiyalar ishlagan.

Uning asarlarida tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy ifodalangan. Behzodning shogirdlari rassom an'analarini davom ettirib, uning ijodini butun Sharqqa yoydilar. Behzodning ijodi va merosi san'atshunoslar va rassomlar tomonidan muntazam o'rganib kelinadi. Respublikamizda 1997 yildan Prezident farmoni bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan. Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berilgan.
II.Asosiy qism:

a)O'qituvchi o'quvchilarga toshbaqa bilan chayon masali asosida illustratsiya ishlash uchun undagi qiziqarli ko'rinishlarni tanlab olishni tavsiya etadi. Masalan:


1.Chayon toshbaqani uchratib qoldi. Toshbaqadan chayon uni daryo-dan o'tkazishni iltimos qilayapti.

2.Toshbaqa chayonni o'z ustiga chiqarib daryoda suzib ketmoqda.

3.Chayon toshbaqani chaqishga urinayapti va h. k.
b)Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar darslikda berilgan yo'riqlar asosida avval illustratsiya ishlash bosqichlarini aniqlab oladilar, so'ngra uning kompozitsiyasini xomaki tarzda chizadilar, so'ngra kompozitsiyani mukammal holga keltiradilar.
III.Darsga yakun yasash: Darslikda takrorlash uchun berilgan savollar yordamida darsga yakun yasaladi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari baholanadi.

Ko‘rildi: O‘IBDO‘

14-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Nasriddin Afandi" mavzusida haykal ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:


  • O'quvchilarning badIIy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish;

  • Haykaltaroshlikda qo'llaniladigan material va asboblar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

  • BadIIy fikr doirasini kengaytirish;

  • Haykaltaroshlik asarlarini o'qishga o'rgatish.


Tasviriy faoliyat turi: Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: loy, plastilin, stek, Nasriddin Afandi latifalari asosida ishlangan dekorativ kompozitsiyalar va haykal o'yinchoqlar (mayda plastika).

Dars tafsilotlari:

I.Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda Nasriddin Afandi va uning o'ziga xos latifalari haqida darslikda va o'qituvchi tomonidan darsga keltirilgan rasmlar, haykallar asosida suhbat uyushtiradi.
II.Asosiy qism:

a)O'qituvchi avval Nasriddin Afandi va uning eshagiga doir darslikda berilgan materiallarni kuzatishni so'raydi. O'quvchilarga ular asosida kompozitsiya yaratish yuzasidan ko'rsatmalar beradi. Bir necha o'quvchidan "Nasriddin Afandi" mavzusida qanday kompozitsiya ishlash mumkin ekanligi so'raladi.


1.Afandi eshak minib ketayapti.

2.Afandi eshagini kitob o'qishga o'rgatayapti.

3.Afandi podshoni mot qilayapti h. k.
Kompozitsiyaning mazmuni va detallari, ularning holatlari aniqlashtiriladi.
b)Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar Nasriddin Afandi va uning eshagi haykalchalaridan foydalanib haykaltaroshlik kompozitsiyasi yasaydilar.
III.Darsga yakun yasash:

Darslikdagi takrorlashga oid berilgan savollarga o'quvchilarning bergan javoblari o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va o'quvchilar tomonidan bajarilgan ishlami tahlil qilib, ularga baholar qo'yadi.



Ko‘rildi: O‘IBDO‘

15-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Koinotga sayohat" mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarni badIIy-ijodiy qobiliyatlarini, fantaziyalarini o'stirish;

  • BadIIy bilim doirasini kengaytirish,bilish faolligini takomillashtirish;

  • Tasviriy malaka va ko'nikmalarni takomillashtirish;

  • BadIIy-estetik did hamda emotsional-estetik sezgirlikni rivojlantirish.


Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: "Koinot" mavzusida o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, shu mavzudagi rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarning reproduksiyalari.
Dars tafsilotlari:

I. Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda darslikda berilgan savollar yoirdamida savol-javob uyushtiradi. "Koinotga sayohat" mavzusidagi ishlar bilan tanishtiradi. Raketalarning ilmiy maqsadlarda qo'llanilishi, ulardagi kuzatuv asboblari orqali Yerimizning fazodagi holatini, uni o'rab turgan boshqa sayyoralar, koinot haqida ma'lumotlarga ega bo'lish, bu o'rinda kosmonavtlarning ham o'ziga yarasha vazifalari borligi xususida so'zlab beriladi.
II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi o'quvchilarga darslikda berilgan raketa va fazogir (kos-monavt) rasmlarining tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari haqida ma'lumot beradi. O'quvchilardan "Koinotga sayohat" mavzusida rassomlar tomonidan ishlangan suratlarni kuzatish tavsiya etiladi. So'ngra ular tahlil etiladi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar raketa va kosmonavt rasmlarini oldin alohida-alohida xomaki tarzda chizadilar. So'ng "Koinotga sayohat" mavzusida rangtasvir kompozitsiyasini ishlaydilar.
III.Darsga yakun yasash:

O'qituvchi o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlarni birma-bir ko'rib chiqadi, ulardan yaxshi va qoniqarsiz ishlanganlarini namoyish etadi va ularni baholaydi. Kamchiligi bor rasmlarni esa qanday qilib tuzatish mumkinligi yuzasidan ko'rsatmalar beradi.



Ko‘rildi: O‘IBDO‘


16-dars. Sana:____________________

Mavzu: "O'lkamizda qish" mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarning tasviriy malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash;

  • BadIIy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish va ijodiy faollikini oshirish;

  • Emotsiyonal-estetik sezgirlikni rivojlantirish;

  • BadIIy-estetik didni o'stirish, badIIy bilim doirasini kengaytirish.


Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish, rangtasvir kompo­zitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: "Qish" manzarasi aks ettirilgan rassomlar asarlarining reproduksiyalari, parallel sinf o'quvchilari ishlaridan namunalar.
Dars tafsilotlari:

I. Dars mavzusiga kirish: Darslikdagi hikoya, rasmlar va savollar asosida o'quvchilar bilan qish fasli haqida suhbat uyushtiriladi. U tabiatga uyushtirilgan sayohat davomida, shuningdek darsda amalga oshiriladi. Tabiatga sayohat bir kun avval darsdan so'ng o'tkazilishi mumkin. Suhbatda qishning o'ziga xos jihatlari, bu fasldagi bolalarning asosiy o'yinlari haqida ham gapiriladi. O'lkamizda qishlab qolgan qushlar pana joysiz va qor tagidan ozuqa topishga qiynalishini inobatga olib daraxtlarga inlar o'rnatish, ularga don berish kabi ishlarda o'quvchilar ham qatnashishi ta'kidlanadi. Darslikda berilgan she'r o'qiladi. Undagi uch rasmdan qaysi biri bu she'r mazmuniga to'gri kelishi so'raladi. Javoblar tahlil qilinadi. So'ng "O'lkamizda qish" mavzusidagi kichik hikoya o'qiladi. Shu asosda rasm ishlash tavsiya etiladi. O'quvchilar rasm ishlashga kirishishidan oldin, ular qanday kompozitsiya yaratmoqchi bo'layotganliklari so'raladi. O'quvchilar o'zlari tasvirlamoqchi bo'lgan qish manzarasini so'z bilan ifodalab beradilar.

1.Chiroyli qish.

2.Qor yog'moqda.

3.Qishda bolalar qorbobo yasashmoqda.

4.Qishda boialar chana uchishmoqda va h. k.

O'qituvchi bolalarga kompozitsiya bo'yicha ko'rsatmalar beradi.
II.Asosiy qism:

a.O'qituvchi suhbat yakunida umumlashtirilgan javoblar asosida har bir o'quvchi o'z xohishiga ko'ra yuqorida qayd qilingan mazmunlardan biri bo'yicha "O'lkamizda qish" mavzusi yuzasidan rasm ishlashi mumkin, deb ko'rsatmalar beradi. Ko'k (zangori) rangning turli tuslarini topish o'rgatiladi.


b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar "O'lkamizda qish" mavzusida rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi bolalar ishlarini kuzatib yuradi. Ularga ish yuzasidan maslahatlar va amaliy yordam beradi.
III.Darsga yakun yasash:

O'quvchilarning dars davomida ishlagan rasmlaridan namunalar ajratib olinadi va ular tahlil qilinadi. Bu ishlar baholanadi va darsga yakun yasaladi.



Ko‘rildi: O‘IBDO‘

2-MSNI 17-dars. Sana:____________________

Oraliq nazorat. Mavzu: "O'lkamizda qish" mavzusidagi rasm taqdimoti
Darsning maqsadi:

  • O'quvchilarning ikkinchi chorak davomida tasviriy san'atdan bilim-larini nazorat qilish, uning hajmini aniqlash;

  • Ularning bu chorakda o'zlashtirgan tasviriy malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini, estetik didi kabilarni qabul qilingan mezonlar asosida aniqlash;

  • Nazorat natijasida yig'ilgan ballarni umumlashtirib har bir o'quvchiga choraklik baholarni belgilash.

Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratni quyidagi turlari qo'llaniladi:
1.Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:

  • tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi;

  • rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi;

  • maxsus atamalarni o'zlashtirish darajasi;

  • kuzatuvchanlik darajasi.

2.Tasviriy ijodiy mustaqil ish. "O'lkamizda qish" rasmini topshirish va rasm haqida qisqacha hikoya qilish asosida o'quvchilarning rasmlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:



  • tekshiriladigan bilim, ko'nikma va malaka elementlarining nomi;

  • rasmning qog'oz yuzasida joyiashuvi;

  • rasm mazmunini uning mavzusiga mosligi;

  • narsalarning o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;

  • qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalari;

  • rasmning toza va tartibli bo'lishi.


Dars tafsiloti:

1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 5 ta test topshirig'ini bajaradilar.

2."O'lkamizda qish" mavzusidagi rasmlarini akvarelda bo'yab, u haqda hikoya qilib beradilar.

3.O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari umumlashtirilib, baholanadi.


Darslikda keltirilgan test savollarining javoblari:


Savol

1

2

3

4

5

1

2

3

4

Javob

E

D

A

B

D

A

A

E

Ko‘rildi: O‘IBDO‘

18-dars. Sana:____________________

Mavzu: "Qishki o'yinlar" mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:

  • O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyani rivojlantirish;

  • O'quvchilarning narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida tushunchalarini rivojlantirish;

  • Tasviriy malaka va ko'nikmalarni o'stirish;

  • BadIIy-estetik didni hamda emotsiyonal-estetik sezgirlikni o'stirish;

  • Tasviriy san'at asarlarini o'qishga o'rgatish.


Tasviriy faoliyat turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.

Darsning jihozlanishi: Rassomlar tomonidan qish fasli va bolalar-ning qishki o'yinlariga doir ishlangan san'at asarlarining reproduksiya-lari, slaydlar.
Dars tafsIIotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi o'quvchilar bilan savol-javob orqali qish faslida ro'y beradigan tabiatdagi o'zgarishlar, o'quvchilarning qishgi ta'tilda nimalar bilan shug'ullanishlari, qish fasliga xos o'yinlar haqida suhbat uyushtiradi. O'quvchilarning javoblari umumlashtirib boriladi. Qish o'yinlaridan chana uchish, qorbo'ron, chang'i uchish, qorbobo yasash, konki uchish kabi turlaridan boshqa yana qandaylari borligi so'raladi. Darslikda berilgan rasm asosida hikoya tuzish topshiriladi.
II.Asosiy qism:
a.Darslikda berilgan qorbobo yasash tartibi tushuntiriladi. O'quvchilar tuzgan hikoyalari, tasavvurlari va fantaziyalari asosida rasm ishlashlari lozimligi aytib o'tiladi. O'qituvchi o'quvchilardan o'zlari ishlaydigan rasmlarida qishki o'yinlardan aynan qaysilarini aks ettirmoqchi bo'layotganliklari aniqlanadi. Ularga bu borada rasm kompozitsiyasi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
b.Amaliy mashg’ulot:

Darsda o'quvchilar o'zlari tanlagan qishki o'yinlardan birini tasvirlaydilar. Bunda ular darslikdagi rasmlardan ijodiy foydalanadilar.


III.Darsga yakun yasash:

Sinfda Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.


Ko‘rildi: O‘IBDO‘
19-dars. Sana:____________________

Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling