Badiiy gimnastika haqida ma'lumot Reja: Badiiy gimnastika sportini rivojlanish tarixi O’yin qoidalarini tashkil topishi
Qizlar uchun mos, go‘zallikka xos
Download 40.54 Kb.
|
Badiiy gimnastika haqida ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy gimnastika
Qizlar uchun mos, go‘zallikka xos
Prezidentimiz raisligida o‘tgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi yig‘ilishida alohida ta’kidlanganidek, sport bilan musiqa chambarchas bog‘liqdir. Sport tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani mustahkamlaydi, musiqa – ko‘ngilni poklaydi, ruhni tetiklashtiradi. Badiiy gimnastika esa aynan musiqa sadolari jo‘rligida bajariladigan nafis harakatlardir. “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” g‘oyasining zamirida, mazmun-mohiyatida ham ayni shu jihatlar o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu vazifalarni o‘zida mujassam etgan dastur asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etilayotir. Zamonaviy sport inshootlari, tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diagnostika, skrining va perinatal markazlarini barpo qilish asnosida onalar va bolalar salomatligini himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, sog‘lom ona – sog‘lom bola, sog‘lom bola – sog‘lom kelajak, demakdir. Ana shu hayotiy da’vat, ezgu g‘oyaga uyg‘un tarzda sportning eng nafis turi hisoblangan, qizlarning jismoniy tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan badiiy gimnastikaning yurtimizda keng rivojlanayotgani barchamizni quvontiradi. Badiiy gimnastikaBadiiy gimnastika - sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, arg‘amchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish bo‘yicha ayollar musobaqalari. Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida ko‘p kurash (bitta majburiy va buyumlar bilan uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh bo‘lib erkin mashqlar bajarish bor. G‘oliblar ko‘p kurashda, alohida va guruh bo‘lib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib bo‘yicha baholanadi. 40- yillardan Badiiy gimnastika musobaqalari o‘tkazila boshlandi. 50-yillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) Badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963 yildan toq yillari jahon chempionatlari o‘tkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. O‘zbekiston Badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991 yil Simferopolda o‘tgan ittifoq chempionatida 1-o‘rinni oldi. 1996 yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997 yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilev, jamoa a’zolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova). Download 40.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling