ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 1090 www.ares.uz
Turkiy adabiyot, jumladan, Alisher Navoiy ijodida H.ning ushbu turlari keng
qo‘llanilgan. Xususan, “G‘aroyib us-sig‘ar”dan 9-raqam ostida o‘rin olgan g‘azalning
quyidagi baytida H.ning birinchi turi qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin:
Nomai shavqum ne nav' ul oyg‘a yetkay, chunki men
El otin o‘qur hasaddin yozmadim unvon anga.
Bunda Shoir “Shavqim maktubi u oydek go‘zal yorimga qanday qilib yetib borar
ekan, axir men xalq uning nomini o‘qib, bilib olishidan hasad qilib, maktubimning
manzilini yozmadim-ku” der ekan, hodisaga “hasad qilib” manzilni yozmaganlikni
sabab sifatida ko‘rsatib, baytning ta'sirchanligini oshirgan.
Husni ta'lil san'ati baytda ifodalanayotgan hayotiy voqea, hodisa yoki holatga
g‘ayritabiiy, ya'ni mantiqiy bo‘lmagan biron sabab ko‘rsatish, shu vosita orqali
muayyan g‘oyaviy-badiiy niyatni amalga oshirish, biron g‘oya yoki fikrni ta'kidlab
ko‘rsatishni nazarda tutadi. Ushbu san'at qo‘llangan bayt uch narsani o‘zichiga oladi:
1. Ijodkor tasvirlayotgan hayotiy hodisa yoki holat, tarixiy yoki afsonaviy voqea.
2. Shu hodisa, holat, voqeaning hayotiy bo‘lmagan, g‘ayritabiiy, nomantiqiy
sababi.
3. Hayotiy haqiqatga yoki afsonaviy voqeaga g‘ayritabiiy sabab ko‘rsatishdan
nazarda tutilgan g‘oyaviy-badiiy niyat (A.Hojiahmedov).
Alisher Navoiy ijodida quyosh, oy, yulduzlar, subh, shafaq, sham', gullar
timsollarining harakati va holatini g‘ayritabiiy, xayoliy asoslash orqali yor latofati
ta'sirchan tarzda ifodalanganligiga guvoh bo‘lamiz.
Infiolingdin quyosh kirdi qaro tufrog‘ aro,
Qilg‘aningda jilva ul ruxsori gardolud ila.
Do'stlaringiz bilan baham: |