Sunbul qilibon qaro uzorin
Ochib qaro zulfi mushkborin.
(Layli va Majnun)
Tazmin (ar. – bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo‘ymoq ) – she'rda o‘zga bir
Shoir she'ridan bir misra yoki bir bayt kiritish san'ati. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha
manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Tazmin san'atining nomi
dastlab Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” asarida (11-a.) uchraydi. Muallif
tazminni ikki nuqtai nazardan talqin qiladi: 1) avvalgi baytning mazmunini keyingi
baytda keltirishga asoslangan san'at; 2) she'rda o‘zga Shoir bayti va ushbu bayt
muallifini keltirishga asoslangan san'at. Roduyoniydan keyingi forsiy manbalarda
asosan ikkinchi talqinga diqqat qaratiladi. Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor
fi sanoyi' ul-ash'or” (15-a.) asarida T. san'ati ikki guruhga ajratiladi: 1) Tazmini
musarrah – misra yoki bayti keltirilayotgan muallif nomi ko‘rsatilgan 2) Tazmini
mubham – muallif nomi keltirilmagan. Shuningdek, Koshifiy tazminning taxmis va
tasdis turlari haqida ham ma'lumot keltiradi.
Nasiruddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or” (1251-1252) asarida tazmin san'ati
Shoirning o‘z fikriga dalil sifatida boshqa bir asardan barchaga ma'lum baytni keltirishi
bilan bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi va tazmin sifatida keltirilayotgan bayt Shoirning
boshqa asaridan olingan o‘z ijod mahsuli bo‘lishi ham mumkinligi ta'kidlanadi.
Alisher Navoiy ijodida tazmin san'atining istifoda etilishi aynan “Me'yor ul-
ash'or” muallifi keltirgan mezonlarga mos keladi. Shoirning “Xazoyin ul-maoniy”
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Do'stlaringiz bilan baham: |